182
A.Smit aytib o‘tgan «ko‘rinmas qo‘l» bozor mexanizmidir. U
odamlarni o‘z istak va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda maqsad sari
yo‘naltirib turadi. Masalan,
agar qandaydir bir mahsulotga,
aytaylik,
nonga bo‘lgan talab oshsa, novvoylar uning narxini oshiradilar. Ularning
daromadlari oshadi. Kapital bir tarmoqdan ikkinchi tarmoqqa oqib o‘tib
turadi, ayni chog‘da, u non yopish sanoatiga oqib o‘ta boshlaydi.
Natijada, non ishlab chiqarish ko‘payadi va narx yana pasaya boshlaydi.
Bu yerda A.Smit shaxsiy manfaatni raqobat va xo‘jalik mexanizmining
ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida ko‘rsatib bergan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
turli mehnat egalari o‘rtasida raqobat kurashi amal qilib turadi. Bunda
shaxsiy manfaat, o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish bir vaqtning o‘zida
jamiyatga
foyda keltiradi, umumiy boylikka erishishni ta’minlaydi.
Demak, bozor iqtisodiyotida “ko‘rinmas qo‘l” amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: