171
boshqa mintaqalardan arzon bahoga tovarlar olib kelishga undaydi.
Raqobat sharoitida iste’molchilar ehtiyojini yuqori darajada qondira
oladigan ishlab chiqaruvchilar yashab keta oladi. Demak, ko‘proq foyda
olish ishtiyoqida bo‘lgan tadbirkorlarning bir tomonlama manfaatlari,
ularni jamiyatning boshqa a’zolari manfaatlariga xizmat qilishga majbur
qiladi.
“Menga nima kerak bo‘lsa, shuni menga ber va sen o‘zingga nima
kerak bo‘lsa o‘shani olasan”. Aynan shunday ko‘rinishda odamlar o‘zlari
ehtiyoj sezgan narsalarni bir-birlaridan ko‘proq olishga erishadilar.
A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumatning va boshqalarning
erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning
fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin
raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni
takomillashuvga olib kelgan
bo‘lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o‘zgarmas
«tabiiy» iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit
tushunchasi bo‘yicha, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun
tursa, ya’ni jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig‘indisi
deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‘proq ta’sir
ko‘rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u
birinchi bo‘lib iqtisodiyotni o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq
amal qiluvchi, obyektiv, odamlarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tizim
sifatida qaraydi. Bunday tizim o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq
amal qiladi.
A.Smit iqtisodiyotning davlat sektori samarasizligini ko‘rsatib
o‘tadi. «Har xil sabablarga ko‘ra,– deb yozadi u, – hukumat doimo va
beistisno
tarzda isrofgar, eng avvalo, u birovlar ishlab topgan pulni
sarflaydi, o‘zgalar pulini esa hamisha o‘zingnikidan ko‘ra behuda
sarflanishini bilamiz. Bundan tashqari, hukumat
xususiy korxonalardan
juda uzoq turadi va ularning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan e’tiborni ularga qarata olmaydi». A.Smit davlatning faqat uch
funksiyasini tan oladi: adolatli sud qilish, mamlakat xavfsizligini
ta’minlash, jamiyat uchun zarur bo‘lgan
ijtimoiy korxona va
muassasalarni ta’minlash.
A.Smit merkantilistlarning protektsionizm siyosatini tanqid qiladi.
Unga ko‘ra, chetdan ancha arzon bahoga olib kelishi mumkin bo‘lgan
tovarni o‘zida ishlab chiqarish bema’ni narsadir. «Har qanday
172
ongli oila boshlig‘ining qoidasi sotib olishdan ko‘ra uyda tayyorlash
qimmatga tushsa, uni uyda tayyorlamaslikdan iborat... Ayrim oilalar
uchun oqilona hisoblangan narsa, bir butun davlat uchun bema’ni
hisoblanmaydi».
Erkin raqobat sharoitida bozor mexanizmi, eng avvalo,
baho orqali
iqtisodiyotda “tartib o‘rnatadi”. Baho bozor xo‘jaligining asosiy
tashkiliy kuchi sifatida qaraladi. Baho talab va taklif o‘zgarishi
to‘g‘risida ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarga signal berib
turadi, ularni bir-birlarining manfaatlariga moslashishga majbur etadi.
Baho orqali talab asosida kapital qo‘yilmasi amalga oshiriladi, kerakli
mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar bir-birlariga xizmat qilish orqali
o‘z manfaatlarini amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zidan amal
qilayotgandek ko‘rinadi, aslida u xatolar va tuzatishlar uslubida tartibga
solib turiladi.
Dostları ilə paylaş: