Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Xalqlar boyligining tabiati va sabablari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
117
 
Xalqlar boyligi 
asoslarining birinchi kirishidayoq Smit “Xalqlar boyligining tabiati” 
konsepsiyasini tushuntirib o‘tgan. Bu bilan u o‘z qarashlarini 
merkantilistlar va fiziokratlarnikidan farqlanishini isbotlab berdi. 
Xalqlar boyligi asarining asosiy qismida Smit millat boyligi miqdor 
bilan o‘lchanadi degan fikrlari uchun merkantelistlarga qarshi bo‘lgan. 
117
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017. 110–111-б 


167 
Uning fikricha, boylik qimmatbaho metallar miqdori bilan emas, balki 
tovar va xizmatlardan olinadigan yillik foydadir
118

Smit Xalqlar boyligi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan foyda 
bilan ham o‘lchanadi degan fikrda turgan. 
Masalan, 
Angliya 
Xitoydan 
boyroq, 
deyilganda ularning aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan foyda qiyoslanadi, umumiy ishlab 
chiqarilayotgan mahsuloti emas. Bu qarash 
hozirda ham o‘z kuchini yo‘qotmagan. 
Xuddi shu bandda Smit aytib o‘tganki: 
iste’mol “barcha ishlab chiqarishning yagona 
va oxirgi maqsadi” degan
119

Xalqlar boyligi sabablari
120

Smit biz 
hozirda millat daromadi deb ataydigan davlat boyligini birinchidan ish 
unumdorligi 
va 
ikkinchidan 
unumdor 
ishlaydigan 
ishchilar 
mutanosibligiga bog‘liq deb hisoblangan. 
Ish unumdorligi. 
Ishchi kuchining unumdor mehnati nima bilan 
belgilanadi? Smitning birinchi kitobida ish unumdorligi ish taqsimotiga 
bog‘liq deb yozadi. Mehnatning ixtisoslashtirilganligi mehnat 
unumdorligini oshiradi. Bizning hozirgi zamonaviy iqtisodiyotimizda – 
hattoki ilmiy dunyoda ham – mehnat taqsimoti amaliyotga ta’siri 
Smitchalik o‘rganilmagan. Asarning boshida A.Smit boylikni chinakam 
yaratuvchi bu – “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko‘rsatib o‘tadi. 
Demak, boylikning manbayi – mehnat. A.Smit bu fikrni rivojlantirib
mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil hisoblanadi, degan 
xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning unumdorligi 
oshadi. Muallif bu tezisni to‘g‘nog‘ich ishlab chiqarish ustaxonasi 
misoli yordamida asoslab beradi. Ustaxonada o‘n kishi ishlaydi. Ular 
o‘rtasida mehnat taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni 
to‘g‘rilaydi, uchinchisi kesadi, to‘rtinchisi uchini o‘tkirlaydi va h.k. Bir 
kunda bu o‘n kishi 48000 to‘g‘nog‘ich, ya’ni har bir kishi 4800 donadan 
to‘g‘nog‘ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir- birlariga bog‘liq bo‘lmagan 
holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 
118
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander ., p. 622. 
119
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander ., p. 625. 
120
Джумонов Д., Аллаберганов З.. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017. 111–114-б. 


168 
bir kunda 20 dan ko‘p to‘g‘nog‘ich tayyorlay olmagan bo‘lar edi. 
Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan 
ko‘proq oshgan. 
A.Smitning fikri bo‘yicha, mehnat taqsimoti milliy mahsulot 
yaratish jarayonida odamlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishning 
juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini 
amalga oshirishda kishilarning chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, 
chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat bo‘lmaydi; ular 
o‘z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta 
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining 
haqiqiy manbayi «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), 
balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga, ixtisoslashuvni 
chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, negaki birinchidan
agar yaratilgan qo‘shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni 
yanada taqsimlashga zarurat bo‘lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning 
ko‘lami qancha kichik bo‘lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar 
shuncha kam bo‘ladi (foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab). 
Shuningdek, mehnat taqsimoti Smitning bozorning kengayishi 
hamda kapitalning jamg‘arilishi haqidagi fikriga ham bog‘liq. Bozor 
qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik, ko‘p miqdorda tovar sotiladi, va 
shunchalik, mehnat taqsimotiga imkoniyat oshadi. Cheklangan bozor 
o‘z navbatida cheklangan mehnatni talab qiladi. Mehnat taqsimoti 
kapital jamg‘armasi orqali cheklab qo‘yilgan, chunki ishlab chiqarish 
jarayoni juda ko‘p vaqtni oladigan jarayon bo‘lib, ishning boshidan to 
mahsulot tayyor bo‘lib sotilgunga qadar orada ancha vaqt bor
121


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin