Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

«ishlovchilar yoki ish bilan band 
sinflar» 
deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki toifaga bo‘lib 
ko‘rsatadi, ya’ni tadbirkorlar yoki avans beruvchi kapitalistlar va ish haqi 
oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga, olimning tasdiqlashicha, aynan 
unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o‘z ichiga oladi. 
Qiymat, pul va foiz nazariyalari. 
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni 
tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‘ziga xos tavsifga ega va 
qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo tovarning narxi 
sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi 
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Bunda kamyoblik tovar narxini 
“baholashda asosiy unsurlardan biri” hisoblanadi. Keyinchalik bu g‘oya 
zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy o‘rin tutadi. 
A.Tyurgo iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy 
tomonini ko‘rsatib berdi. Uning fikricha, «olish va sotishdagi umumiy 
erkinlik, bir tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi 
narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovarni eng past bahoda 
sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir». 
A.Tyurgo pulni o‘z mohiyatiga ko‘ra tovarlar dunyosidagi bir tovar 
sifatida ta’riflab, ayniqsa, «oltin va kumushni, boshqa har qanday 
materialga nisbatan moneta (tanga) xizmatini o‘tashga yaroqli», deb 
hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo‘lib yaralgan, buning ustiga, 


161 
har qanday kelishuv va qonunlardan qat’i nazar hamma uchun umumiy 
moneta bo‘lib qoladi. Uning fikricha, pul, ya’ni oltin va kumushning 
bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o‘zgarib turadi, balki 
bir-biriga bo‘lgan nisbati, kam yoki ko‘pligiga qarab ham o‘zgarib turadi. 
A.Tyurgo qog‘oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning 
miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish 
noqulayliklari to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi. 
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan 
pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan 
nasihatgo‘ylar bid’atlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, qarz 
beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi 
mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni 
samarali ishlatib ancha foyda ko‘rishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qarz 
beruvchi qarz oluvchiga ozor yetkazayotgani yo‘q, aksincha, 
birinchisining pulidan ikkinchisi foyda ko‘rayapti. Ana shu foyda qarz 
oluvchini foiz to‘lash sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch 
hisoblanadi. U foizni foydadan to‘laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga 
ko‘ra, bunday «kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham 
manfaatdor. Joriy foizga kelsak, A.Tyurgo bo‘yicha, u bozorda 
kapitalning ko‘p yoki kamligini ko‘rsatuvchi termometr vazifasini 
o‘taydi, xususan, foizning past bo‘lishi bu – kapital ko‘pligi natijasidir. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o‘ziga xos o‘rinni 
egallaydi. A.Smit o‘z vaqtida: 
«fiziokratizm tizimi qanchalik nomukam- 
mal bo‘lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida 
haqiqatga eng yaqini edi», 
– deb aytgan. Bu ta’limotning 
merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan yer boylikning asosi 
ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor 
qilishni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, 
ayniqsa, uni yaratishdagi mehnatning ahamiyati diqqatga sazovor: 
boylik – bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar 
yig‘indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan. 
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko‘rsatilishi (asosiy va 
aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qilinishi, erkin 
sohibkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi 
iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir. 


162 
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosa- 
batlariga o‘tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish 
zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish kerakligi to‘g‘risidagi fikrlar 
nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbirkorlar shaxsiy 
manfaatdorlik bo‘lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga 
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor 
munosabatlarining unsurlarini asosan to‘g‘ri hal etib berdilar. 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida muayyan mutanosiblik bo‘lgan 
sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz 
davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda 
fiziokratlar 
tomonidan 
mamlakatdagi 
uch 
sektor 
o‘rtasidagi 
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa, hozirgi 
davrda, bunday sektorlar juda ko‘p bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar Nobel 
mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar – ishlab chiqarish» 
balansida n ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday 
balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va 
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g‘oyaning 
kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo‘lib, u klassik iqtisodiy 
maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o‘rin 
egallaydi. 
Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai 
nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va 
o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy 
hayotidagi o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalarning ishlab 
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, 
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog‘lab tushuntiruvchi fiziokratizm 
g‘oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli tez 
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmonidagi yorqin yulduzning 
so‘nishini eslatadi. 
Fiziokratlar Kenening iqtisodiy jadvalini o‘zlarining nazariy 
yutuqlarining gultoji deb hisoblashadi. U iqtisodiyotdagi turli tarmoq- 
lar o‘rtasidagi pul daromadlari tasviri va sof mahsulotning yillik 
aylanmasi va yaqqol tasvir bergan Kene jadvali iqtisodiyot rivojida yirik 
metodologik olg‘a siljish sifatida tan olinadi. Fiziokratlar iqtisodiyotning 
turli tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni nazariy jihatdan o‘rganish bilan 
chegaralanmay ularning o‘lchami miqdorini aniqlashga harakat 
qilishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning turli 


163 
sektorlaridagi 
o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib bergan. Keyingi 
merkantilistlarning ba’zilari bu bog‘liqliklarni o‘rganib chiqdi va 
ularning ta’siridagi umumlashma Adam Smit izlanishlariga asos bo‘ldi 
va bozor iqtisodiyot tasvirini to‘ldirdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin