Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Fransua Kene (1694–1774) 
fiziokratlar maktabining asoschisi 
hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli 
olim bo‘lib, Versal yaqinida kambag‘al dehqon 
oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga 
qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik 
tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752-
yilda Qirol Lyudovik 
XV 
saroyida tabiblik qildi. 
Tibbiyot va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar 
yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan 
oltmish yoshidan boshlab bevosita shug‘ullana 
boshladi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g‘oyalari qirol 
saroyida – Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o‘sha yerda
yashadi va ijod qildi. F.Kenening
«Fermerlar», «Don», 
«Aholi», «Soliqlar» 
nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va 
D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758-
yilda uning asosiy asari 
«Iqtisodiy jadval» 
dunyoga keldi. F.Kene 
nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va 
siyosiy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g‘oyalarini 
keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator fransuz iqtisodchilari davom 
ettirdilar va targ‘ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy 
fiziokratlar 
maktabi yoki o‘sha davr tili bilan aytganda 
«iqtisodchilar maktabi» 
tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri 
XVIII 
asrning 60–70-yillariga to‘g‘ri keladi. 
O‘rganish 
metodi. 
F.Kenening 
iqtisodiy 
tadqiqotining 
metodologik maslagi (platformasi)ni uning tomonidan ishlab chiqilgan 
tabiiy tartib to‘g‘risidagi konsepsiya 
tashkil etadi. Uningcha, mazkur 
konsepsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni 
muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni 
to‘g‘ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning moddiy va ma’naviy 
qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning 
mohiyati shundaki, 
bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning 
 
111
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander74- b. 


154 
umumiy manfaatidan ajralgan bo‘lishi mumkin emas
. Bu esa erkinlik 
hukmronlik qilgan sharoitda bo‘ladi. Ana shunda dunyo o‘z-o‘zidan 
harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «yuqori 
hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik yer egalari vakillaridan tashkil 
topishi mumkin emas; ular birga qo‘shilib qonunning o‘zidan ancha 
kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib 
chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o‘tkazishi va o‘ta ketgan beboshlikni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
U, yuqori davlat hokimiyati davlat 
boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan – tabiiy tartib-
qonunlarini yaxshi biladigan, o‘qimishli bir shaxs qo‘lida bo‘lishini 
maqsadga muvofiq deb hisoblagan. 
Sof mahsulot to‘g‘risidagi ta’limot. 
F.Kenening nazariy merosida 
uning 
sof mahsulot 
(hozir uni milliy daromad deb atashadi) 
to‘g‘risidagi 
ta’limoti muhim o‘rin egallaydi
. Uning fikriga ko‘ra, sof mahsulotning 
manbayi yer va unga sarflangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida 
band bo‘lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof 
mahsulot) ko‘payishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan «yer in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq 
xo‘jaligini rag‘batlantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar kambag‘al bo‘lsa, qirollik kambag‘al bo‘ladi, qirollik 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin