«Fransiyani qoralash» asari chop
etildi. Unda Fransiyaning kambag‘allik holati ko‘rsatildi, merkantilistik
siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida yangi g‘oyalar
ilgari surildi. Biroq ular o‘zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari
tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo‘llab- quvvatlanmadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor
munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‘ldi.
Aynan
uning
asarlari
merkantilistik
g‘oyalarning batamom
obro‘sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi
uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qildi. U Pettidan qat’i
nazar, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha
foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi degan konsepsiyani ilgari
surdi.
Nazariy qoidalarning o‘ziga xosligi. P.Buagilberning muhim yutug‘i,
U.Pettiga o‘xshab,
qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berish
hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o‘rtasidagi almashuv nisbatlari
mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan
holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal bo‘lishiga qaramasdan
(uning asosida sarfli printsip yotadi) o‘z davri uchun progressiv
hisoblanadi, negaki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning
tabiiy roli to‘g‘risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko‘p jihatdan to‘g‘ri tanqid qilish bilan
birga, pulning iqtisodiyotdagi ahamiyatini mensimagan holda,
mamlakatning iqtisodiy o‘sishida qishloq xo‘jaligi ahamiyatini mutlaqlashtirdi , boylikni ko‘paytirishdagi sanoat va savdoning
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni
bekor qilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi
hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‘yicha
ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‘yicha, iqtisodiyotdagi asosiy
soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi
hisoblanadi. P.Buagilber o‘z asarlarida iqtisodiyotning
152
«tabiiy» qonunlari to‘g‘risida qayd qilib o‘tadi. Davlat yuqori soliqlarni
joriy etish yoki proteksionizm siyosatini qo‘llash bilan ularga xalaqit
bermasligini tavsiya etadi.