Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Uchinchi bosqich 
(XIX asr birinchi yarmi) D.Rikardo, T.Maltus, 
N.Senor, J.B.Sey va F.Bastnalar bilan bog‘liq davr. Ular ichida David 
Rikardoning qarashlari alohida o‘rin egallaydi, chunki uni ishlari erkin 
raqobatlashgan bozor sharoitida qiymat shakllanishi tahlili va renta 
nazariyasini isbotlash asosiy o‘rinni egalladi. 
To‘rtinchi bosqich 
(XIX asr ikkinchi yarmi) Dj.S.Mill va Karl 
Marks ishlari bilan bog‘liq. Djon Styurd Mill Kembridj universitetida 
klassiklarning “Siyosiy iqtisod” fanini oxirgi o‘qigan olim. Keyinchalik 
u Marshall tomonidan “Ekonomiks” faniga o‘zgartirildi. Iqtisodiy 
maktabning oxiri esa Karl Marks g‘oyalari bilan tugallandi. U 
qo‘shimcha qiymat, iste’mol va ayirboshlash qiymati shakllanishini
yollanma mehnat mohiyati, foiz, ish haqi, foyda nazariyalarini 
rivojlantirdi. 
Shu o‘rinda merkantilistik va klassik (mumtoz) maktab 
vakillarining g‘oyalarini farqlanishini ko‘rib o‘tamiz
105

105
Гукасьян Г.М., Нинциева Г.В. История экономической мысли. – СПб.: Питер, 2008. С.33. 


145 
Uilyam Petti (1623–1687) 
7.2.
 
U.PETTINING IQTISODIY TA’LIMOTI 
 
Uilyam Petti (1623–1687) 
– Angliya klassik siyosiy iqtisodining 
asoschisidir
106
. K.Marks so‘zi bilan aytganda, 
U.Petti: 
«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk 
tadqiqotchi 
– iqtisodchi»

U.Petti 
har 
tomonlama yuksak bilimli odam bo‘lgan. U 
Angliyaning 
janubidagi 
Romsi 
shahrida 
hunarmand-matochi oilasida tug‘ildi. O‘n to‘rt 
yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan 
U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada 
yollanma dengizchi (yunga) bo‘lib xizmat 
qiladi. Oradan bir yil o‘tgach, taqdir taqozosi 
bilan oyog‘i lat egan U.Petti Fransiya hududidagi bir qirg‘oqda qoldirib 
ketiladi. Bu notanish chet o‘lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan 
kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan 
ta’minlandi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini, matematika
astronomiyani o‘rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640-yili kollejni 
bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford 
universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi. 
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‘yicha doktorlik darajasini 
oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‘lib ishladi. 
U.Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va 
yig‘imlar to‘g‘risida traktat» (1662), «Donishmandlarga so‘z» (1665), 
«Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672), «Siyosiy arifmetika» 
(1683) va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o‘z asarlarida 
merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g‘oyasini va sanoatni 
rag‘batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralash-vini 
qo‘llab-quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini 
o‘zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish 
muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda 
yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. 
Boylik va pul nazariyalari. 
Merkantilistlardan farqli ravishda, 
U.Petti fikri bo‘yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul 
boylik 
hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va 
106
Раззоқов А., Тaшматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.:“IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007.73–82. 


146 
hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‘yicha o‘z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan 
«Mehnat – boylikning 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin