Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Tayanch so‘z va iboralar: 
merkantilizm, savdo, savdogar, boylik, 
metall, kumush, oltin, iste’mol, tovarlar bahosi, xarid, kapital. 
 


141 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
1.
Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning bosqichlari
umumiylik va farqlari nimadan iborat? 
2.
Bu ta’limot vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy shart- 
sharoitlari nimada ko‘rinadi? 
3.
Merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi nima? 
4.
Bu ta’limotning ayrim mamlakatlardagi milliy ko‘rinishlari 
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aytib bering. 
5.
Mamlakatda qimmatbaho metallar miqdorini ko‘paytirish 
uchun qanday choralar ko‘rilgan? 
6.
«Aktiv savdo», «savdo saldosi» iboralari nimani anglatadi? 
7.
Merkantilizm ta’limotining taniqli namoyandalari kimlar? 
8.
«Kapitalning dastlabki jamg‘arilishi» nimani anglatadi, uning 
asosiy manbalari nima? Sanab bering. 
9.
Jon Lo tizimining mohiyati, ahamiyati, inqirozining sabablari. 
10.
Merkantilizm ta’limotining tarixiy ahamiyati va taqdiri. 


142 
7-
 
MAVZU. ANGLIYA VA FRANSIYADA KLASSIK 
(MUMTOZ) MAKTABNING SHAKLLANISHI 
 
(2 soat) 
7.1.
 
KLASSIK IQTISODIY MAKTAB PAYDO BO‘LISHINING 
TARIXIY SHART-SHAROITLARI VA 
UNING TAVSIFI 
Мerkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod makta- 
bining paydo bo‘lishi (Angliyada) 
XVII
asrga to‘g‘ri keladi
103

XVI 
asrning o‘rtalarida boshlangan manufaktura davri 
XVII 
asrga kelib 
sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, 
qishloq xo‘jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya 
iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. 
XVIII 
asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat 
savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. 
Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib 
berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 
rivojlanishiga imkoniyat, 
tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik 
tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy 
ta’limotlar endi taqozo etila boshladi. 
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlantirish 
uchun, ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit 
yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, 
D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa 
vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiqot qildilar. 
Haqiqatan ham, mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining 
boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng 
avvalo, uning ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy 
bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan 
klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan 
maqomiga ega bo‘ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining 
dastlabki vakili U.Petti bo‘lsa, Fransiyada 
– P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab 
ta’limoti A.Smit, D.Rikardo J.B.Sey, T.Maltus tomonidan 
103
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017, 86–89-б. 


143 
rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz 
keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz. 
Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida 
ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalarni qamrab oladi, bu asosan britaniyalik 
yirik hissadorlar va ularning faoliyat yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan. Klassik 
maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan 
“Xalqlar boyligining tabiati” asari, David Rikardo muallifligidagi “Soliq 
va siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun- qoidalari” asari, hamda 
“Siyosiy qonun-qoidalari (tamoyillari)” nomli asarlaridir. Shuningdek, 
Rikardoning kitobi chop etilgandan so‘ng qisqa fursatlarda bir qator 
neoklassik nazariyaning kichik ko‘rinishlari paydo bo‘ldi. Jon Styuart 
Mill klassik davrning oxirini izohlashga urindi, biroq u klassik 
qoidalarning ba’zilarini yoqlamagan. Smit, Rikardo va J.S.Millar 
tomonidan ilgari surilgan 1776-yildan XIX asrning so‘nggiga qadar 
iqtisodiy nazariyalar boshqarib turilgan: Smit 1776-yildan deyarli 1820-
yilgacha, Rikardo 1820-yildan deyarli 1850-yillargacha, J.S.Mil esa 
1850-yillardan 1890-yillarga qadar. 
Demak, klassik (mumtoz) maktabni quyidagi to‘rt bosqichini ko‘rib 
o‘tamiz
104


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin