157
o‘zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni
oladi (ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi
yarmi realizatsiya qilinadi.
5.
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo‘jaligi xom ashyosini
xarid qiladi.
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning
butun aylanish jarayoni
natijasida sinflar o‘rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari
va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf»
ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o‘rtasidagi
umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o‘z sinfi doirasida aylanadi
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urug‘lik va oziq-ovqat
mahsulotlari o‘rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan
sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini qoplash uchun
112
Гукасьян Г.М., Нинциева Г.В. История экономической мысли. – СПб.: Питер, 2008. C.44.
158
Ann Rober Jak Tyurgo
(1727–1781yy.)
ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli
sinf» qo‘liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi
to‘lash natijasida bu pul yana yer egalari ixtiyoriga o‘tadi. Shunday qilib,
yangi ishlab chiqarish
siklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi
ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun
zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Karl Marks fikri bo‘yicha “Iqtisodiy jadval – bu klassik iqtisodiy
maktabning ilk tahlili, lekin shu davr uchun yuqori darajada ishlangan
porloq jadvalidir”
113
. «Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil
qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-
sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki juda ko‘p bunday yakka muomala
aktlari sinflar o‘rtasidagi muomalada mujassamlashadi. Ana shu sinflar
o‘rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi.
Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir
shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti
sifatida ko‘rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‘ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish
to‘g‘risidagi
ta’limotida bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar
tushunchasida izchillik, ilmiylik yetishmaydi.
Sanoatchilarni ishlab
chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o‘z mahsulotlarining
hammasini sotib yuboradi), F.Kene ularni ishlab chiqarish jarayonini
qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Yer egalarining
mahsulot realizatsiya
qilishda markaziy o‘ringa o‘tib
qolishi
noto‘g‘ri
bo‘lgan.
Ammo
undagi
kamchiliklar mazkur asarning qimmatini
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida
birinchi
marta
milliy
iqtisodiyot
makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va
undagi
g‘oyalar
bo‘lajak
iqtisodiy
modellarning kurtagi bo‘lib qoldi.
F.Kenening g‘oyalari
Dostları ilə paylaş: