Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ann Rober Jak 
Tyurgo (1727–1781.) 
tomonidan davom 
ettirildi va rivojlantirildi. A.Tyurgo Parijda 
113
Маркс К. Соч. – 2-е изд.-Т.26, ч.1.1955 – с.345 


159 
zodagonlar oilasida tug‘ildi. Oilaviy an’anaga ko‘ra diniy ta’lim olishga 
majbur bo‘ldi. Lekin Sarbonnaning Teologiya (diniy) fakultetini 
tugatgach, bu sohada ishlashdan bosh tortdi. 1751-yildan Parij 
parlamentining mansabdori, 1761–74-yillarda Limojda (Limuzen 
provinsiya – viloyat markazi) intendant (gubernator) lavozimida ishladi. 
Bu uzoq viloyatda markaziy hokimiyat vakili sifatida xo‘jalik ishlarini, 
jumladan, soliq olish tizimini nazorat qilib turdi. Aynan Limojda yashab 
turgan davrda A.Tyurgo o‘zining 
«Boylikning yaratilishi va 
taqsimlanishi to‘g‘risida mulohazalar» 
(1766) nomli asosiy iqtisodiy 
asarini, tugallanmasdan qolgan 
«Qimmat va pul» 
(1769) kitobini va 
boshqa asarlarni yozdi. Ulardagi fikrlar, umuman fiziokratik qarashlarga 
hamda bozor iqtisodiy munosabatlari tamoyil- lariga, eng avvalo, erkin 
raqobat va erkin savdo tamoyillariga asoslangan. 
1774-yili qirol Lyudovik 
XVI 
A.Tyurgoni moliya bosh nazorat- 
chisi lavozimiga (moliya vaziri lavozimi bilan bir xil) tayinladi. Bu 
lavozimda ikki yilga yaqin ishlagan A.Tyurgo davlat xarajatlarini 
kamaytirishga erisha olmagan bo‘lsada, lekin mamlakat iqtisodiyotini 
har tomonlama erkinlashtirish uchun imkoniyat yaratib beruvchi bir 
qator farmon va qonun loyihalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Ammo uning har bir islohotga oid yangiliklari parlamentda o‘zining 
monopol mavqeini saqlab qolishga intilgan amaldorlar tomonidan qattiq 
qarshilikka duch keldi. Shuning uchun uning islohotlari ko‘p vaqt 
amal qilmadi. 1776-yili A.Tyurgo iste‘foga chiqqach, ular bekor qilindi. 
A.Tyurgo vazir sifatida amalga oshirgan asosiy islohotlar: 
mamlakat ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi
qirollikka erkin don olib kelish va undan boj to‘lovlarisiz erkin don 
olib chiqish; natural yer majburiyatining pulli yer solig‘i (o‘lpon) bilan 
almashtirilishi; 
sanoat 
sohasida 
tadbirkorlikning 
rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik 
savdogarlar va hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar 
hisoblanadi. 
Ish haqi nazariyasi. 
Xuddi fiziokratlarga o‘xshab, A.Tyurgoning 
tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch 
hisoblanadi; u o‘z yerida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi. 
Ish haqiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu – 


160 
dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda, millatning 
boyligi deb, eng avvalo, yerni va undan olinadigan «sof daromadni» 
hisobladi. 
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari minimumiga 
bog‘lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda
ish 
haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini 
ochib bermoqchi bo‘ldi
. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur 
bo‘lgan yashash vositalari minimumi darajasiga pasaytiruvchi bunday 
mexanizm, uning fikricha, mehnatga bo‘lgan talabning mehnat 
taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o‘rtasidagi raqobatning 
rivojlanmaganligi hisoblanadi. 
Sinflar nazariyasi. 
A.Tyurgo F.Kenega o‘xshab, jamiyatni 
uch sinfga 
ajratadi
: unumli sinf (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘lgan 
kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarida va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kishilar); yer 
egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin