192
Rikardo modeli
136
.
U mantiqiy abstraksiya metodidan foyda-
landi, ijtimoiy fanlarda ilmiy deduksiyani keng qo‘lladi. U o‘z
konsepsiyasi
asosiga qiymat qonunini, ya’ni tovarlarning qiymatini
sarflangan mehnat bilan aniqlashni o‘rtaga tashladi. Faqat bir omil –
«
Mehnat
» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim.
Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona
tabiiy va abadiy shakli deb o‘ylagan. Rikardo modelida asosan 3 sinf
ko‘rib o‘tiladi, bular: kapitalistlar, ishchilar va katta yer egalari.
Kapitalistlar
iqtisodiyotda
asosiy
rol
o‘ynaydi,
ular ishlab
chiqaruvchilar, direktorlar va asosiy harakatdagi kuchlardir. Ular
iqtisodiyotda 2 ta asosiy funksiyani bajaradi. Birinchidan ular resurslarni
samarali taqsimlashda o‘zlarini kapitalini ma’lum bir hududga
yo‘naltiradi.
Ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va
investitsiya oqimining kirib kelishiga sharoit yaratdi.
Rikardo o‘zining izlanishlarini qiymatning mehnat nazariyasini
o‘rganish bilan o‘tkazdi, u ish haqi fondi va Maltus aholi nazariyalarini
real ish haqi tushuntirish uchun ishlatdi.
Ish haqi fondi kapital
jamg‘arishga nisbatan ziyoda bo‘lsa, unda real ish haqi qisqa muddatda
ko‘tariladi, u real ish haqi oshishi hamda aholining o‘sishiga olib keladi
deb hisoblagan. Rikardo tizimida ijara beruvchilarni tekinxo‘rlar deb
atadi. Biz buni Rikardoning yer rentasi nazariyasida yaqqolroq
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Rikardo uchun yerning egri taklifini elastik
emas va yerning ijtimoiy alternativ narxi nolga tengdir. Yer egalari faqat,
bir daromadni, ya’ni rentani topish bilan hech qanday ijtimoiy foydali
vazifani bajarmaydilar. Undan keyin ham klassik iqtisodchilar industrial
jamiyatni rivojlanish va o‘sishida mulk
egasi sinflarini befoyda
ekanligini ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: