195
Raqobat bozorida, ikki yer sinf vakillari
foydasi darajasini
tenglashtirish uchun kurashadilar. Rentani B yerda ishlayotgan fermer
sinfi A yerda ishlayotgan sinf bilan bir hil to‘lashga tayyor. Har qanday
A yer rentasi B yer rentasidan 10 bushelga ortiq, ammo A
dehqonchilikdan bug‘doy uchun yuqori foyda keladi. Shunday qilib, A
yer egasi ijarasi B yer egasiga nisbatan 10 ga yuqori ijara hosil qiladi.
Rikardo konsepsiyasini to‘liq
tushunish uchun, keling, biz yer
ijarasi uchun uch sinfli qilib tahlil kengaytiramiz va ayni paytda biz
intensiv va ekstensiv unumdorlik to‘g‘risida tushuncha beramiz.
Mahsulot ishlab chiqarish unumdorligini 3 yer egaligi sinfi asosida ko‘rib
chiqamiz, bu yerda kapital va mehnat A sinfda 3, B sinfda 2, C sinfda
bir birlikda sarflangan.
Intensiv unumdorlik berilgan yer uchastkalarida kapital va mehnat
sarfining izchil birliklarida ko‘rsatilgan. Agar
A yer sinfi bir birligini
ishlab chiqarish uchun 100 bushels ketsa; ikkinchi birlik uchun 190
bushel qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda ikkinchi birlik mahsulot 90 bushelga
ko‘proq; va hokazo. Intensiv unumdorlik bizning misolimizda unmdor
resurslarni kamayib boruvchi tamoyiliga asoslanadi. A yerning kamligini
hisobga olgan holda, iqtisodiy nuqtayi nazardan quyi unumdorlikka ega
B yerga ishlov berishga kirishildi. A sinfdagi yer uchastkasi unumdorligi
past, shu sababli B sinfdagi yer uchastkasiga qaraganda yanada ko‘proq
ishlovni talab qiladi. Agar bizning misolimizda ko‘rsatilganidek, B
sinfdagi yerlarga o‘tmaganimizda, unda A sinf yerlaridan bir birlik
mehnat va kapital evaziga katta foydaga ega ishlab chiqarishni tashkil
etar edik.
Xuddi shunday, C sinf yerlari A va B sinfni foydalanish
kamayib bormaganida ishlatmas edik. Har bir yer sinfidan olinadigan
unumdor mahsulot mehnat va
196
kapitalining oxirgi birligiga tengdir. Agar qo‘shimcha yer sinflari
bo‘lmaganida edi, unda mehnat va kapitalni yuqori unumdorlikka ega
boshqa mamlakatlar yerlariga ko‘chirgan ma’qul bo‘lar edi.
Endi biz Rikardo konsepsiyasini tushunish
uchun bu sinflarning
renta to‘lovlarini ko‘rib o‘tamiz. Turli yer sinflari oladigan renta har xil
bo‘ladi: A yerda 30 bushel, B yerda 10 bushel, C yerda esa renta
to‘lanmaydi.
Raqobatli bozorda renta to‘lovi quyidagicha bo‘ladi. C sinf yerda
kapital va mehnat bir birligi qo‘llaniladigan bo‘lsa, jami mahsulot 240
bushel donga teng bo‘ladi. A yer sinfida bir birlik mehnat va kapital uch
ko‘rinishda 270 bushel (100 + 90 + 80) jami mahsulot hosilini beradi.
Shu davgacha ikkala yer sinf fermerlari g‘allaga rentani teng narxi (ijara)
30 bushel to‘lovni to‘lashgan, chunki ular buning uchun
kurashmaganlar. Xuddi shunday B sinf ijarasi 10 bushelga (160-170)
teng deb ko‘rsatadi. Biz, shuningdek, mehnat va kapital birligi evaziga
marginal mahsulot orasidagi farqni va ma’lum chegaradagi unumdorlik
birligini ishlab chiqarishda intensiv unumdorlikni qo‘llagan
holda
o‘lchashimiz mumkin. Misol uchun, A yer sinf rentasi 30 bushel [(100
-80) + (90 - 80)] bo‘lib, B sinf uchun 10 bushel (90-80) renta olinadi
140
.
“Agar hatto, yer egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham
nonning bahosi hech kamaymagan bo‘lar edi», – deb yozadi
D.Rikardo. Rentani tashkil etuvchi omillarni ham ishonarli qilib
ko‘rsatib berdi. Bunday omillar: tuproq unumdorligining har xilligi va
yer uchastkasining bozorga uzoq yaqin joylashishi hisoblanadi.
Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining
ko‘payib borish moyilligi amal qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari
narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko‘payib
borish moyilligi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan
qutulishning yo‘li, xuddi T.Maltusga o‘xshab, tug‘ilishni kamaytirish
deb bilgan. D.Rikardo fikri bo‘yicha, yomon yerlarni ishlamaslikka
imkon beruvchi yana bir vosita
xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi
zich bo‘lmagan mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib
kelish deb bilgan. Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirishga imkon beruvchi texnik taraq-
qiyotga ishonch hosil
qilgan.
140
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 133-136 b.