Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Unumli mehnat nazariyasi. 
J.S.Millning bu nazariyasi o‘z 
mohiyatiga ko‘ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning 
ta’kidlashicha, 
faqat unumli mehnat 
(natijasi ko‘rinib turadigan mehnat) 
“boylik” ya’ni “moddiy ne’matlar”ni yaratadi. 
Uning nazariyasidagi 
yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va 
jamg‘armalarni ko‘paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo‘lish 
uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli deb hisoblaydi. J.S.Millning 
tasdiqlashicha, agar bu iste’mol “jamiyatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarini qo‘llab-quvvatlasa va ko‘paytirsa”, unumli mehnatdan 
keladigan daromadlar unumli iste’mol hisoblanadi. Uningcha, 
unumsiz 
mehnatdan keladigan har qanday daromad bu– faqat unumli mehnat 
bilan yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. 
Agar u 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar 
minimumini ta’minlasa, hatto ish haqi iste’moli unumli hisoblanadi, 
uning “zeb-ziynat” keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi. 


207 
J.S.Mill 
qiymat, 
almashuv 
qiymat, 
iste’mol 
qiymat 
tushunchalarini ko‘rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish 
sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir 
tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun 
xarakterli bo‘lgan o‘rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda 
o‘rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo‘lganligi sababli, u 
barcha tovarlar bo‘yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv 
qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada 
o‘rnatiladi, ya’ni talab va taklifga qarab o‘rnatiladi, ishlab chiqarish 
xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar 
qiymatning puldagi ifodasi uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita 
raqobat asosida o‘rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi 
esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda 
bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o‘rnatiladi. Aksincha, 
«monopolist o‘z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o‘rnatishi mumkin, 
faqat u xaridor sotib olishi yoki xohishi mumkin bo‘lgan bahodan yuqori 
bo‘lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo‘li bilan 
erishishi mumkin». 
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish 
xarajatlardan past bo‘lishi mumkin emas, negaki hech kim o‘z zarariga 
ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o‘rtasidagi barqaror 
muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab 
chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o‘rnatiladi». 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin