202
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham
bog‘liq bo‘ladi. U berishi mumkin bo‘lgan narsadan ortiqchasini undan
olib bo‘lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat
qancha harakat qilmasin, qishloq xo‘jaligidan u oladigan oziq-ovqat
mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‘sadi (eslatib
o‘tamiz, arifmetik progressiyada o‘sish 1,2,3,4,5 ... ko‘rinishda, ya’ni
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolut miqdorga oshib boradi),
aholining soni esa geometrik progressiyada o‘sadi va 25
yilda ikki
barobar ko‘payadi (eslatib o‘tamiz, geometrik progressiyada o‘sish
1,2,4,8,16 ... ko‘rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2
barobar ko‘p bo‘ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‘lsa, asr
oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to‘rtdan birga
ko‘payadi.
T.Maltus esa ijtimoiy siyosatning hukumat va boshqa jamiyat
tashkilotlar tomonidan olib borilishiga qat’iy qarshi bo‘lgan. Uning
fikricha, kambag‘allarga bo‘lgan xayrixohlik ularning ahvolini
yaxshilashga qodir emas, balki faqat vaziyatni keskinlashtiradi.
Aholining quyi tabaqalariga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa
muddatli samara beradi va shu bilan aholining o‘sishini rag‘bat-
lantiradi. Ammo bu unga muvofiq ravishda oziq-ovqat mahsulot-
larining ko‘payishiga olib kelmaydi. Demak, umuman olganda, jamiyat
kambag‘allashadi. T.Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy
sababi boshqaruv yoki notekis taqsimotga bog‘liq emas, balki u «tabiiy
qonunlar va inson ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlarning juda
tez ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Shu bois, «xalq o‘z azob-uqubatlari
uchun, birinchi navbatda, o‘zini ayblashi kerak». Unga hech qanday
inqilob va ijtimoiy islohotlar yordam bera olmaydi. Shuning uchun
aholining o‘sishini va tekinxo‘rlikni rag‘batlantiruvchi
ijtimoiy va
xususiy xayrixohlikdan voz kechish zarur.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg‘ulisi,
eng ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar
uning xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning
uchun odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila
olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‘ldi. Amerika iqtisodchisi
J.L.Saymonning tasdiqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi –
texnik jarayon yer sayorasidagi aholining har qanday
203
o‘sishini kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini
ta’minlashi mumkin.
Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy siyosatning
ahamiyatiga bergan bahosiga qo‘shilmaydilar.
Mehnatga yaroqsiz va
kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat
iqtisodiy siyosatning zarur qismidir. Bundan tashqari, xayriya faoliyati
ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ushlab turish uchun ham zarur:
kambag‘allarning ko‘payishi bunday barqarorlikka xavf solishi mumkin.
Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham hisobga olish
zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni
susaytiradi.
T.Maltus o‘zining «Nufus nazariyasi»ni tarixiy material va
faktlardan foydalangan holda asoslab berishga harakat qilgan. Ammo u
unumdorlikning pasayishi savoli bo‘yicha o‘z dalillarida jamiyatning
ishlab chiqarish imkoniyatlarini muttasil kengaytirib boruvchi texnika
taraqqiyotining ahamiyatini inkor etdi. Masalan, XIX asrning ikkinchi
yarmida AQSH aholisi deyarli to‘rt barobar ko‘paydi, lekin shu bilan
birga jamiyat a’zolarining o‘rtacha daromadlari ham to‘rt marta o‘sdi.
T.Maltus aholi zich joylashgan mamlakatlarga qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi uchun tabiiy sharoiti yaxshi bo‘lgan
mamlakatlardan oziq-
ovqat mahsulotlarini olib kelish imkonini beruvchi transport
vositalarining tez rivojlana borishini ko‘ra olmagan. Nihoyat, ingliz
olimi o‘lim darajasiga e’tibor bermagan (o‘lim darajasi bilan aholining
ko‘payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‘sishi
tug‘ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‘payishiga bo‘lgan
moyillik yuqori emas. Nimaga? Buning asosiy sabablaridan biri shundan
iboratki, hozirgi davrda yosh bolalar o‘limi darajasining pasayishi ko‘p
bolalik bo‘lish zarurligini bekor qiladi. Oldingi davrda yosh bolalar
o‘limi ko‘p bo‘lganidan ehtiyot shartdan ularning tug‘ilishi ko‘p
bo‘lgan. Ikkinchi asosiy sababi (Nobel mukofotining sohibi G.Bekker
fikriga asosan), ko‘pchilik ziyoli ayollar uyda bola boqib o‘tirishdan
ko‘ra, muayyan mansabdagi ijtimoiy ish bilan shug‘ullanishni afzal
ko‘radilar. Oila ma’lum ma’noda ikkinchi o‘ringa suriladi. Tug‘ilishning
kamayishiga ta’sir etuvchi uchinchi sabab urbanizatsiya – jamiyatning
rivojlanishida shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar
hayot tarzi ko‘p bolali oilalarning
204
ko‘payishini keltirib chiqarmaydi. Agar qishloqda bola yoshligidan
yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‘z tarbiyasi uchun katta mablag‘ va
vaqt sarflashni talab qiluvchi iste’molchi hisoblanadi.
Ammo, qancha ajablanarli bo‘lmasin,
XX asrning oxiriga kelib
industrial rivojlanish ijtimoiy pessimizmning kelajagi yo‘qligiga
barchada ishonch tuyg‘usini uyg‘otgan bir paytda, T. Maltusning
ko‘plab g‘oyalari yana faollashdi. Real hayotdan olingan ba’zi bir
faktlarni ko‘rib chiqamiz.
Qayerda ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi yomon tashkil etilgan bo‘lsa, qayerda hosildorlik past, yig‘ib
olingani esa omborlarning yetishmasligidan chirayotgan bo‘lsa, o‘sha
yerda T.Maltusning qayg‘uli xulosalari o‘z kuchini saqlab qolgan. Buni
bugungi kunda ham ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar xalqlari his
etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 % jahon iste’moli
20 % aholiga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
farovonligi darajasidagi farq kuchayib bormoqda. XX asr 70-yillarning
boshida ocharchilikdan qiynalganlar 400 mln. kishini tashkil etgan
bo‘lsa, 80-yillari – 500 mln., 90-yillari esa 700 mln. kishidan ko‘pini
tashkil etdi. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon
andozasi»ga «ko‘tarish» uchun resurslardan foydalanishni 40
baravar
ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: