215
o‘zidir. Bastia «Tiyilish» so‘zi o‘rniga «orqaga surish» so‘zi qo‘yilgan,
xolos.
Mehnat va kapital o‘rtasidagi uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani yanada
to‘laroq isbotlash maqsadida Bastia o‘zining kapital jamg‘arilishi
«qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga
qarama-qarshi ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotini
inkor etishga harakat
qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko‘ra, mehnat va kapital manfaatlari
oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va
ishchining maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto
ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan tezroq o‘sishini ko‘rsatib, bu
bilan kapitalistning foydasi nisbatan kamayishini aytadi.
U bu fikrni
isbotlashga urinib ham o‘tirmaydi. Uningcha, foyda normasi va
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi masalalari qorishtirib
yuborilgan. Foyda normasining pasayib borish tendensiyasi ishchilarni
ekspluatatsiya qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish
mumkin.
F.Bastia o‘zining bu nazariyasi yordamida
kapitalistlar va yer
egalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer
egasining yoki uning ota-bobolarining shu yerni ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib, kapital
va yer egaligi o‘rtasidagi uyg‘unlik shu bilan hal etiladiki, yer rentasi
yerga qo‘yilgan kapital foizining bir ko‘rinishiga aylantiriladi. Bunday
izohlash yer rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini
inkor etadi, uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan
yerlardan olinadigan renta umuman bu tizimga mos kelmaydi deyiladi.
Demak, Bastianing izohi bo‘yicha o‘sha davrdagi burjua jamiyati
turli sinflar o‘rtasidagi o‘z xizmatlari bilan
almashib turuvchi
«uyg‘unlashgan hamkorlik» jamiyati tarzida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy
erkinlik bu xizmatlar almashuvining ekvivalentligining garovi
hisoblanadi, chunki bu erkinlik nomutanosib harakatlarning oldini oladi.
Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan almashtirishi esa
sosialistlarning jamiyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga aylantirish
to‘g‘risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo‘yiladi.
1775–85-yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va
Angliya o‘rtasidagi kurashda qozonilgan g‘alaba tufayli AQSH davlati
vujudga keldi. Hokimiyat tepasiga yangi sinf – burjuaziya o‘tirdi.
216
Genri Charlz Keri (1793-1879)
AQSH burjuaziyasi ingliz burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi.
AQSHdagi hukmron sinf 1865-yilgacha qullikni saqlab qoldi va ingliz
siyosiy iqtisodiga zid ravishda o‘z siyosiy iqtisodini yaratishga tayyor
edi. Biroq AQSHda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi.
Buning
sababi shuki, XIX asrning 20–30-yillarida AQSHda
kapitalizmning nisbatan tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga
kelishiga va tez o‘sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo‘lib turdi. Siyosiy kurashning
keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan
tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini
tanqid qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy
fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g‘oyalar
Genri Charlz Keri
(1793–1879) tadqiqotlarida o‘z aksini topdi
147
.
Yirik noshirning o‘g‘li bo‘lgan G.Keri kommersiya sohasida katta
yutuqlarga erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy
tadqiqotlarga kirishdi. U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi.
1837–40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod tamoyillari» va 1857–59-
yillarda «Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. Bu
asarning qisqacha varianti 1865-yilda «Ijtimoiy fanlar uchun qo‘llanma»
nomi bilan chop etildi. Yuqorida eslangan F.Bastia shu Amerikalik
olimdan ilhomlandi.
Dostları ilə paylaş: