Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari. 
Pulning mohiyatini 
J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil 
qiladi. U bu bilan o‘zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini 
ko‘rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko‘payishi yoki 
kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ammo agar uning miqdorining ko‘payishi oldi-sotdi miqdorining 
ko‘payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul 
miqdorining ko‘payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha
boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‘lganda, 
“pulning qiymati 


209 
pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi: pul miqdorining har 
qanaqasiga ko‘payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har 
qanaqasiga kamayishi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda 
oshiradi... Bu – pulning maxsus xususiyati”. 
Qachonki pul mexanizmi 
buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila 
boshlaydi. 
So‘ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi o‘rnini 
tadqiq qilishga o‘tadi. Bu yerda J.S.Mill o‘zini A.Smit va D.Rikardo 
g‘oyalarini ommaviylashtiruvchi oddiy iste’dod egasi sifatida emas, 
balki chuqur o‘ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit 
mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko‘paytir- maydi, lekin kredit 
tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to‘liq ishlatiladi». Kredit 
manbayi ayni chog‘da unumli iste’molda bo‘lmagan pul shaklidagi 
kapital hisoblanadi. Foiz to‘lash evaziga kredit beruvchi asosiy 
instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti 
bahoga taklifning o‘sishi qanday ta’sir ko‘rsatsa, xuddi shunday ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Kredit to‘lovga qobil talabni kengaytirgach va subyektlarning 
istaklariga ta’sir ko‘rsatgach, savdo konyunkturasini keskin o‘zgartirib 
yuboradi. Muayyan tovarning bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan 
foyda olishga bo‘lgan o‘z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda 
bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho‘ziladigan bo‘lsa, unda u boshqa 
chayqovchilarni 
ham 
o‘ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini 
kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko‘paytiradi, bahoni 
oshiradi. Bir oz vaqt o‘tgandan keyin bahoning o‘sishi to‘xtaydi va 
tovarlarni o‘z qo‘llarida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his 
qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar 
egalari katta zarar ko‘rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday 
vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko‘p bo‘lmaganligi sababli, 
baho oldin oshganiga qaraganda, ancha tez pasayib boradi. 
Shunga o‘xshagan bir oz tebranishlar kredit bo‘lmagan paytda ham 
bo‘lib turadi. Ammo pul miqdori o‘zgarmagan vaqtda bir xil tovarlarga 
bo‘lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin 
kreditdan foydalanilganda, iqtisodiy subyektlar qo‘shimcha 
pul 
manbayiga ega bo‘ladilar. Bunday vaziyatda 


210 
chayqovchilik barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. 
Natijada savdo inqirozi kelib chiqadi. 
Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’sirida 
oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. 
Baholar qaysi nuqtadan oshishiga boshlagan bo‘lsa, shu nuqtagacha 
pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste’mol va taklif o‘zini oqlaydigan 
darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha 
chuqur bo‘ladi, negaki har bir kishi zarar ko‘rayotgan paytda, ko‘pchilik 
esa bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar 
o‘zlari o‘rganib qolgan kreditni zo‘rg‘a olishlari mumkin. Bunday 
vaziyat shuning uchun sodir bo‘ladiki, hech kimda qarzga bergan 
mablag‘ini o‘z vaqtida qaytarib olishga ishonch bo‘lmaydi. Favqulodda 
sharoitda bunga vahimachilik kelib qo‘shiladi. Pul qisqa muddatga 
deyarli har qanday foiz to‘lash sharti bilan qarzga olinadi, tovarlarni 
sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan 
ko‘riladigan har qanday zararga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo 
inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki
oldingi inqirozgacha bo‘lgan chayqovchilik davri mobaynida osha 
boshlagan darajadan ham past bo‘ladi». O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu 
iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtisodiyotning pasayish 
dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir. 
Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish 
(inqiroz) tushunchasiga qo‘shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy 
ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta xatodir. «Bu 
faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita 
sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa – 
taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda 
J.S.Mill J.M.Keynsning o‘tmishdoshidir. 
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog‘oz valutalar 
sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar 
uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog‘oz pullar 
konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo‘q) 
baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)i ning kelib 
chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825- 
yildagi inqiroz bunga misol bo‘la oladi. Ammo keyingi 1847-yildagi 
inqiroz esa foiz stavkasining keskin o‘sishi natijasi hisoblanadi. Savdo 
inqirozlari davrida «pul talabidan ko‘ra, 


211 
tovarlarning ortiqchaligi yuzaga keladi, ya’ni pul taklifining 
yetishmasligi kelib chiqadi». 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin