208
unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi.
Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari miqdorini ko‘paytirish
ushbu
miqdor ekvivalentiga nisbatan ko‘proq mehnat sarflash evazigagina
bo‘lishi mumkin. Boshqacha bo‘lishi aslo mumkin emas.
Umuman, foyda to‘g‘risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill
D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O‘rtacha
foyda
me’yorining
vujudga kelishi shunga olib keladiki,
bunda foyda ishlatilayotgan
kapitalga mutanosib bo‘ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar,
ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo‘lgan joyda foyda ham bir xil
bo‘lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish
xarajatlari bo‘yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir
xil bo‘lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo‘lishlari kerak, shuning uchun
faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning
yozishicha, rentaga o‘xshagan, maxsus ko‘rinishga
ega bo‘lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega
bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to‘g‘risida boradi. Modomiki,
uning raqobatchilari bunday
ustunlikka ega emas ekan, unda «u
mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga
qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda
... ustunlikka ega bo‘lgan kishi renta oluvchiga o‘xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va
D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…,
balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar
mamlakatdagi barcha mehnatkashlar
tomonidan yaratilgan mahsulot,
mehnatkashlar ish haqi ko‘rinishida iste’mol qiladigan mahsulotdan 20
foizga ko‘p bo‘lsa, unda bahoning qanday bo‘lishidan qat’i nazar, foyda
20 foizni tashkil etadi».
Dostları ilə paylaş: