212
shakllarini rivojlantirish uchun, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun
imkoniyatlar hech cheklanmagan bo‘ladi.
Odam o‘zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini
adolatsizlik deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin
uning ko‘pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e’tirozga
javob
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz,
asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash
uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari
zaxiralarisiz bajarib
bo‘lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‘tgan mehnat mahsuli
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‘lganda, ularda
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‘lishishga zarurat bo‘lmas edi.
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‘lmaganligi uchun ular ekvivalentning
bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif)
ushbu narsalarga
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli
hisoblanmaydi).
Dostları ilə paylaş: