Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Vilgelm Georg Fridrix Rosher



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Vilgelm Georg Fridrix Rosher 
(1817– 
1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi 
hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtai 
nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» 
kitobini 
chiqardi. 
Iqtisodiy 
qonunlarning 
obyektivligini rad qilish bu ta’limotning o‘zagidir. 
V.Rosher 
ijtimoiy 
iqtisodiyotning 
umumiy 
qonuniyati yo‘q, balki faqat iqtisodiy omillar 
taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da’vo 
qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat oldida burch tuyg‘usiga ega bo‘lgan 
ma’naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod predmetini ta’riflashda 
Listning tizimsini to‘la-to‘kis qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin 
rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi. 
Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi 
va Germaniyani mustamlakalar va ta’sir doiralarini bosib olishga 
chaqirdi. 
Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu 
usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan 
feodal 
sarqitlarni 
(dehqonlarning 
yer 
egalariga 
bo‘ysunishi, 
hunarmandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) 
tarixan oqlash va ko‘klarga ko‘tarib maqtash, faktlarni to‘plashga 
asoslandi. 
O‘zining nazariy qoidalarida Rosher qiymatni iste’mol qiymatidan 
(foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun 
mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi. J.V.Seyning ishlab 
chiqarishning uch omili nazariyasini V.Rosher tarixiy usul yondashuvda 
talqin etdi. Foydani kapitalistlar mehnatining natijasi deb e’lon qilib, 
daromadlarni taqsimlashda uyg‘unlik hukmronlik qiladi, tenglik esa 
iqtisodiy taraqqiyot omili bo‘lib xizmat qiladi deb hisobladi. Iqtisodiy 
kategoriyalarni talqin etishda Rosher aslida odamlarning buyumga 
bo‘lgan munosabatini ko‘rdi. Garchi u klassik maktab qoidalarini 
o‘zgartirgan bo‘lsa ham, ammo rasman hali bu maktabning merosi bilan 
aloqani uza olmagan edi. Uning izdoshlari va maslakdoshlari undan 
ilgarilab ketishdi. 
Vilgelm Georg Fridrix 
Rosher (1817-1894) 


233 
Karl Knis (1821-1892.) 
Tarixiy maktab g‘oyalarini 
Karl Knis 
(1821–1892) jon-jahdi bilan 
o‘rgandi. 1853-yilda uning «Tarixiy usul nuqtai nazaridan siyosiy 
iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. K.Knis alohida 
iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma 
joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb 
da’vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy 
mulkchilik 
va 
kapitalizmning 
abadiyligi 
to‘g‘risida qisqacha xulosalar chiqardi. 
Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usulga 
yondashib tez qayta qurish mumkinligini 
asoslamoqchi bo‘ldi. Uning fikricha, siyosiy 
iqtisod faqat iqtisodiy hodisalarni tasvirlab 
berishi mumkin, u nazariy umumlashmalarni berishga qodir emas. Knis 
iqtisodiy hodisalarni bilib olish hodisalari deb statistika va tarixiy 
bayonni tan oldi. U iqtisodiy siyosatga katta ahamiyat berdi. Bu siyosatni 
amalga oshirish uchun turli xalqlarning iqtisodiy turmushiga oid 
kuzatuvlardan olingan aniq-ravshan shart-sharoitlarni bilish zarurligini 
uqtirdi. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ 
(shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda 
birlashtirmoqchi bo‘ldi, pulni talqin etishda metallchilar konsepsiyasi 
yondashuvida qoldi. 
1848-yilda 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin