Bruno Gildebrand
(1812–1878) «Hozirgi zamon va
kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon
qildi. Bu kitobda u F.Engelsning «Angliyada
ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi.
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining
ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi
kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi.
B.Gildebrand iqtisodiy hodisalarni tadqiq
qilishning o‘z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul
jamiyat tizimining iqtisodiy qonunlarini tahlil
etishga statistika va tarixiy ma’lumotlarni
yuzaki
tarzda
to‘plashni
qarama-qarshi
qo‘ydi.
U qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning
himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi. Xususiy mulkchilikni har qanday
ta’na qilishni tarixiy qonuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb
ta’rifladi.
Bruno Gildebrand (1812-1878)
234
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimsi natura,
pul va kredit xo‘jaligini o‘z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga
asoslanib ish tutadi va ishlab chiqarish vositalarining bu xarakterini tan
olmaydi, holbuki uning xarakteri iqtisodiy formasiyaning ijtimoiy
tabiatini va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini tashkil qildi. 1861-
yilda B.Gildebrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha Yen
universitetida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘z asarlarining maqsadi qilib millat
xo‘jalik rivojlanishi qonunlarini o‘rganishga e’tiborni qaratdi, turli
xalqlar iqtisodiy tarixini o‘rganishda taqqoslash usulini qo‘llash
zarurligini ko‘rsatdi.
9.7.
P.J. PRUDONNING IQTISODIY KONSEPSIYASI
Pyer Jozef Prudon
153
(1809–1865) – fransuz publsisti, mayda
ishlab chiqarish nazariyotchisi, kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan.
Moddiy jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o‘qishni tugatmagan,
sherik hamkorining mablag‘i hisobiga kichik
bir bosmaxonani ishlatib, zo‘r berib o‘z
ma’lumotini oshirish bilan shug‘ullangan.
Ilmu-fanni o‘rganishni avvalo muhtojlikdan
qutulish usuli deb bilgan.
1838-yilda P.Prudon Bezanson akademi-
yasi tomonidan kam ta’minlangan yosh
olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib
Parijga ko‘chib o‘tdi. Parijda u J.B.Sey,
S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Fure
va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan
yaqindan tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning
«Mulkchilik nima?» nomli mashhur asari e’lon qilindi. Ushbu asarda
kapitalizmni tanqid bosh bob bo‘lsada, hali olimning amaliy dasturi
bayon qilinmagan edi. 1846-yilda P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar
tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» nomli yana bir asari e’lon qilindi.
Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab
chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi. 1848-
153
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2017. 150–155-б
Pyer Jozef Prudon
(1809-1865)
235
yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalarning xal etilishi» nomli yangi
asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi.
P.J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e’lon qilib xalqni ijtimoiy
islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql- zakovatning
abadiy qonunlari» to‘g‘risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi
nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o‘xshashlik hollarini
uchratishimiz mumkin. Ayniqsa ularning uslubiyotlarida bu holat
quyidagicha aks etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib,
boshqarish mumkin bo‘lgan raqobatni topib tashkil etish.
Ikkinchidan, xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy
ko‘rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehri-
bonlik, axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni,
shuningdek, inson hayotining eng oliy ne’mati tenglik va tinchlikni
asosiy deb hisoblash.
Uchinchidan, ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi.
P.Prudon o‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovarning
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim
asarlaridan biri – «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....»da avvalgi mehnat
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning
ko‘payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka,
kambag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda,
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana
shunday yondashuvlardan turib
«tadqiq» qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy g‘oyasi mavjud, bu
g‘oya iste’mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati
esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif
o‘rtasidagi kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy
236
jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: qiymat
ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‘ayriilmiy
yondashuvdan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx- navoning
yoppasiga ko‘tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib boradi
deb hisoblaydi.
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb talqin
etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi
harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini Prudon
qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim deb hisobladi. U
mahsulotning bir qismini kapitalist o‘zlashtirib olishini ishlab chiqarish
chiqimlari eniga kapitaldan foydalanganlik uchun prosent qo‘shish
zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy tizimsida prosent mehnatni
ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Shu
bilan birga u prosent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish
mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunmaydi.
P.Prudon «belgilangan qiymat» nazariyasini o‘zining butun
iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish
pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlarning
yo‘llarini belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini
Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining
cho‘qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo‘lgan Prudon bozor
mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini,
nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon
asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni
«qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’mol va ayirboshlash qiymati
g‘oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilangan yoki sun’iy» qiymat
murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi. Bunday qiymat
ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga
bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‘yib
qo‘yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul
237
o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni
«belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi.
P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda
daromadning asosiy manbai deb qabul qilingan mehnat, kapital va
yerning mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab
chiqarish jarayonining o‘zi har uchchaloa elementning ishga tushurilishi
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa ishlab
chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z mehnati
natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi
sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari asosida
rivojlantiriladi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni olimning fikricha, hamjamiyatdagi
ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo‘ladi. Lekin
amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo‘yganligi bu tamoyilning
buzilishiga va natijada J.B.Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy qonunni» ham
buzilishi olib kelmoqda.
P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo‘lgan
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‘zining ko‘pgina asarlarida e’lon
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan
birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi.
Olimning islohotchilik g‘oyalarning ayrimlari S.Sismondi qarashlariga
o‘xshash bo‘lib ular quyidagilarda o‘z aksini topdi:
•
«uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda
ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o‘rniga rahmdillik bilan
hayrihohlik bildirish;
•
«mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi
etakchilik o‘rnini e‘tirof etish bilan ularning shart-sharoitlari,
ta’limotlarida to‘liq tenglikka erishish;
•
ijtimoiy
adolat
tamoyillariga
mos
ravishda
jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng
daromad berish;
•
kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida konsentratsiya
qilinishiga va ayniqsa mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi
g‘oyalarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
238
•
pulni muomalada haraktini bekor qilib,
uning
o‘rniga ishchi pullari
banklarni
muomalaga kiritish;
•
foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz
kreditlarni tashkil qilish;
•
xalq banklarini tashkil etish;
•
islohotlar amalga oshirish jarayonining
xotimasi sifatida hukumatni bekor qilish.
Islohotchilik
konsepsiyalarida
P.Prudon
Xalq bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki
sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3
xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki
bonlar chiqarilishi
sababli, pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo‘li bilan sekin-asta
muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‘q qilmasdan, balki yuqori qayd
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25%
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o‘ziga jalb qilmay yuzaga
kelmasdan, balki aksincha kapital bilan yuzaga keladi.
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‘oyasi islohotlarni amalga
oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‘z
mehnatini haqiqiy haqini oladigan sinfini yuzaga kelishi o‘z navbatida
hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo‘yadi (anarxizm g‘oyasi).
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab
chiqaruvchining o‘z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‘kondorning
foizsiz kreditning olish to‘g‘risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining
kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida
tenglik imkoniyati to‘g‘risidagi xomxayollarini ifodalagan edi.
Prudonning «sosializm»i tovar bilan pul o‘rtasidagi aloqani
soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab
chiqarishni tovarni saqlab qolishga, ammo pulni, ayirboshlashni,
ayirboshlash qiymatini yo‘q qilib tashlashga intilgan edi.
Prudon va prudonizm o‘z davrida ishchilar harakatiga jiddiy hatar
solganligi sababli proletar ta’limotining asoschilari Prudonning mayda
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz
Karl Iogann Rodbertus
(1805-1875)
239
kurashdi. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga halaqit
beruvchi bir oqim deb fosh qildilar.Bu kurashni K.Marks XIX asrning
40-yillari o‘rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan
boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash
davom etdi.
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan
D.Rikardodan yuqori ko‘tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida
mafkuraviy yo‘nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi.
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga
tayanib, uzluksiz ravishda o‘zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.
Dostları ilə paylaş: |