242
(yer, kapital va ishchi kuchi) bilan bog‘liq ishlab chiqarish funksiyasini
yaratdi. Chegaraviy ishlab chiqarish samarasi
va uni taqsimoti Tyunen
kitobining tahliliy qismining asosi bo‘ldi.
Fransiyalik matematik va iqtisodchi
Antuan Ogyusten Kurno
(1801–1877) iqtisodda
matematik usullarni keng
qo‘llagan olim sifatida tarixga kirib keldi. U
“Boylik nazariyasini matematik tadqiqoti” (1838)
asarida talab funksiyasi tahlilini amalga oshirilib,
birinchilardan bo‘lib “talab egri chizig‘i”ni grafik
orqali o‘rgandi, shuningdek,
bu asarda yalpi va
chegaraviy daromad funksiyasini, yalpi va
chegaraviy xarajat
funksiyasi tahlilini amalga
oshirdi.
Kurno
birinchilardan
bo‘lib talab
elastikligi haqida gapirdi (undan so‘ng bu atama
A.Marshall ta’limotida aks etdi). Kurno
xizmatlariga shuningdek, iqtisodiy muvozanatlilik,
sof monopoliya,
duopoliya (bozorda ikki raqobatchi mavjud bo‘lishi), erkin raqobatni ham
kirgizish mumkin.
Marjinalizmning ilk namoyandalariga, shuningdek fransiyalik injiner
Jiyol Dyupyui
(1804–1866) kirgizamiz. U o‘zining “Jamoaviy ishlarning
nafliligini o‘lchash” maqolasida Kurnodan erkin holda talab funksiyasini
tahlil qildi. Dyupyui asarlarida naflilikni muammolarini rivojlantirish ham
kirgan.
Nemis yuristi
Dostları ilə paylaş: