244
K.Marks o‘zining ko‘p
sonli asarlarini, jumladan, hayotining
mazmunini tashkil etgan “Kapital”ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy
konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu
asari to‘rt tomdan iborat bo‘lib, birinchi tom 1867-yili
nashr etildi,
ikkinchi va uchinchi tomlar K.Marks o‘limidan keyin F.Engels
tomonidan (ikkinchi tom 1885-yil, uchinchi tom 1894-yil) chop etildi.
To‘rtinchi tom tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy
iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish
jarayoni «Kapital»ning birinchi tomining mazmunini tashkil etadi.
Ikkinchi tomda kapitalning muomala
jarayoni tadqiqot etiladi.
Uchinchi tomda
yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish
jarayoniga tavsif beriladi. To‘rtinchi tom
(«Qo‘shimcha
qiymat
nazariyasi»)
iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ish-
langan.
K.Marks «Kapital»ga yozgan so‘z-
boshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi
zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati
harakatining iqtisodiy qonunini ochib
berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan
muayyan jamiyatning ishlab chiqarish
munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo‘lishini,
taraqqiy
qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko‘rsatib berish K.Marks iqtisodiy
ta’limotining mazmunidir. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish
umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil
qilishdan boshlanadi.
Qiymat nazariyasi.
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning
qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
o‘lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda
mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga
ega
bo‘ladi.
Lekin
qiymat
o‘zida
ijtimoiy
mehnatni
mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari
bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‘lchanadi, ijtimoiy zarur
ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan qiymat
miqdori, – deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak
bo‘lgan
ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina
, ya’ni
Karl Marks (1818-1883)
245
ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi
. Har bir ayrim tovar o‘z
jinsidan bo‘lgan tovarlarning faqat o‘rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga
egadir».
Ijtimoiy zarur ish vaqti
me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va
muayyan
jamiyatdagi
mehnat malakasi va intensiv-ligining darajasi
o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun
sarflanadigan vaqtdir
. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni
shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari)
tovarlar
o‘zining
qiymati
bo‘yicha
ayirboshlanadi
(Ularda
mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo‘yicha). K.Marksning
tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat
qonuniga amal qilmagan
ayirboshlashning bo‘lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd
qilib o‘tganimizdek, ayni jamiyatda o‘rtacha mehnat sarflari bilan
o‘lchanadi. Bu ayirboshlanadigan tovarlarni
taqqoslashning yagona
o‘lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday
umumiy o‘lchov bo‘la olmaydi, negaki ular miqdor jihatidan
taqqoslanmaydi.
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat
nazariyasidan farqlanishiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning
nisbiy qiymati to‘g‘risida so‘z yuritadi:
A va B tovarlar bir-biriga
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv
xususiyatdir.
Dostları ilə paylaş: