Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

«absolut qo‘shimcha qiymat» 
deb atadi. 
«Absolut qo‘shimcha qiymat hosil qilish, – deb yozadi u, – ish kunini 
ishchi faqat o‘z ishchi qiymatining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan 
chegaradan nariga uzaytirishdan va bu qo‘shimcha mehnatni kapitalning 
o‘zlashtirib olishdan iborat». 
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo‘shimcha ish 
vaqtini uzaytirish yo‘li bilan olinadigan qo‘shimcha qiymatni K.Marks 
“nisbiy qo‘shimcha qiymat” 
deb atadi. Bu yerda shu narsaga e’tibor 
berish kerakki, ya’ni qiymat qonuniga xilof ish qilmaslik uchun, 
ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi uchun kapitalist ishchi kuchi 
qiymatiga nisbatan ish haqini kamaytirish hisobiga zarur ish vaqtini 
qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish 
va samarali texnika va texnologiyani qo‘llash tufayli mehnat 
unumdorligini oshirish yo‘li bilan bunga erishish mumkin. 
Kapitalist o‘z foydasini ko‘paytirish maqsadida fan va texnika 
yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko‘proq foydalanishga harakat qiladi. 
Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini 
amaliyotda qo‘llash o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga 
olib keladi, bu esa unga foydani ko‘paytirish imkonini beradi. Bu yerda 
«
ortiqcha qo‘shimcha qiymat
» vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni 
asosida boshqa kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab 
chiqarishda qo‘llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha 
qo‘shimcha qiymat yo‘q bo‘lib ketadi. Demak, qo‘shimcha qiymat 
ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni 
qo‘llashga undaydi. 
Ish haqi. 
K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga 
o‘xshab, mehnat uchun to‘lanadigan haq deb emas, balki 
ishchi kuchi 
uchun to‘lanadigan haq 
deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, 
ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan tovarlar miqdoriga teng bo‘ladi. Ish haqi darajasi mehnat 
unumdorligiga bog‘liq bo‘lib, u, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning 


248 
mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli ro‘y 
beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, 
negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini 
keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan 
kapitalistlar o‘rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va 
ishchi kuchi o‘z qiymatidan past bahoda sotiladi. 
Demak, K.Marks bo‘yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi 
kuchini sotdi, bunda «haq to‘lanmagan mehnat»ning (aniqlash va 
o‘lchash mumkin bo‘lgan) ish haqiga aloqasi bo‘lmaydi, «haq 
to‘lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki bitim 
(kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan 
tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki 
mehnat jarayoni tugagandan keyin to‘laydi. Ishchi o‘z ishchi kuchining 
qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda 
mehnat, shu jumladan, qo‘shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat 
sarfi esa, uning nazariyasiga ko‘ra, ish vaqti bilan o‘lchanadi. Binobarin, 
ishchi kuchining ma’lum muddat davomida unumli mehnat qilishi uning 
qiymatiga haq to‘lash sharti bo‘lib qoladi. 
K.Marks fikri bo‘yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat 
unumdorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o‘smaydi» va 
natijada ishchilarning kambag‘allik va ma’naviy qashshoqligi kelib 
chiqadi. Lekin tajriba bunday qarashlarning mutloq noto‘g‘ri ekanligini 
ko‘rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat texnologiyalar darajasini 
takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki ijtimoiy masalalar 
bo‘yicha ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin