246
muomalasida
paydo
bo‘lmaydi,
chunki
tovar
ekvivalentli
ayirboshlanadi, qo‘shimcha qiymat baho-ning ustiga qo‘shib sotishdan
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo‘lganda
xaridor va
sotuvchilarning o‘zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo‘lar
edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o‘rtacha,
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo‘shimcha qiymat olish uchun «pul egasi
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog‘i kerakki, bu tovar
iste’mol qiymatining o‘zi qiymat manbai bo‘lishdek
orginal bir
xususiyatga ega bo‘lsin», u shunday tovar bo‘lishi kerakki, bu tovarni
iste’mol qilish jarayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham
bo‘lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini
uning o‘z qiymati bo‘yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiymati
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o‘z ishchi kuchi qiymatidan
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik,
ishchi kun
bo‘yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi
bo‘yicha «
zarur ish vaqtida
») o‘z qiymatiga teng
qiymat yaratadi,
keyingi 5 soat mobaynida («
qo‘shimcha ish vaqtida
») esa qo‘shimcha
mahsulot yoki qo‘shimcha qiymat yaratiladi. Kapitalist bu qo‘shimcha
qiymatni haq to‘lamasdan o‘zlashtirib oladi. K.Marks bo‘yicha,
kapitalist tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zlashtirib
olinishi
mehnatning ekspluatatsiya qilinishidir. K.Marks o‘zi ishlab chiqqan
«formula»
yordamida
ushbu
ekspluatatsiya
darajasini, ya’ni
ekspluatatsiya me’yorini ko‘rsatib berdi. Qo‘shimcha qiymatning ishchi
kuchi qiymatiga – o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbatini (mashinalar
va xom ashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o‘z
qiymatini faqat
yangi mahsulotga o‘tkazishi mumkin, lekin qo‘shimcha qiymat
yaratmaydi) u
qo‘shimcha qiymat me’yori
deb atadi. Uning yozishicha,
«qo‘shimcha qiymat me’yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki
ishchining kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq
ifodasidir». Qo‘shimcha qiymat me’yori yangidan yaratilgan qiymatning
kapitalist bilan yollanma mehnat o‘rtasida qanday taqsimlanishini,
shuningdek, ish kunining qancha qismida ishchi o‘zi uchun va qancha
qismida kapitalist uchun ishlashini ko‘rsatib beradi.
247
Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o‘z
ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo‘shimcha ish vaqti»da
esa qo‘shimcha qiymat yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ishlaydi:
kapitalist qo‘shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga
erishishning ikki yo‘li mavjud: ish kunini uzaytirish va zarur ish vaqtini
qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzaytirish yo‘li bilan olinadigan
qo‘shimcha qiymatni K.Marks
Dostları ilə paylaş: