Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari. 
Klassik 
iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o‘ziga 
hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, ijtimoiyist-utopistlar, 
S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining 
yagona manbayi mehnat deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga 
ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati kapitalga, ish 
haqiga va yer rentasiga bo‘lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan 
bo‘lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. 
J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni aniq qilib ko‘rsatib berdi. 
«Foydalilik – bu qimmat o‘lchovidir», – deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u 
tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning 
foydalilik darajasi bilan ham o‘lchanishi mumkinligini aytib berdi. 
Lekin bu xususda iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis 
M.Blaugning yozishicha, «talabning to‘yinish darajasini izohlab 
berishda foydalilikning pasayib borishi tushunchasi ishlatilmagan 
foydalilikka asoslangan qimmat konsepsiyasini bahoning shakllanish 
nazariyasi hisoblash noo‘rin». 
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch 
omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor bergan. Uning 
tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, 
barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf – ishchilar, 
kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. 
J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili 
ishchilarning daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili 
kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «yer» omili yer 
egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda 
ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi. (Smitda faqat unumli 
mehnat boylik yaratadi deyiladi.) J.B.Sey yuqorida ko‘rsatilgan omillar 
(mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining 
daromadlarini yaratishda mustaqillikka ega ekanligini qayd qilib o‘tadi. 
Demak, J.B. Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan 
erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi 
sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab 
chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va 


223 
boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy 
materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini to‘ldirib boradilar. Ishlab chiqarish 
jarayoni qatnashchilari bir birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-
birlarini to‘ldirib turadilar. 
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot 
qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, 
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati, 
iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‘lanadigan haq. Uning 
fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli 
yaxshilanib boradi va ularning ko‘pchiligi «yuqori sinf» safini to‘ldirib 
boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. 
Mashinalar dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan 
siqib 
chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi 
va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta 
foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha, «ishlab chiqarishdagi texnik 
yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko‘proq manfaatdor». 
Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg‘unligiga cheksiz ishongan 
olim sifatida tilga olinadi. 
J.B.Seyning o‘tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan 
iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar 
qishloq xo‘jaligini) ajratib ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Hatto 
A.Smit xizmat ko‘rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat 
va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo‘jaligidagi 
mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat 
«yordam« beradi. 
J.B. Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
savdo va xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi «tenglikni» ko‘rsatib berdi. Uning 
fikriga ko‘ra, to‘rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki 
sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham, savdoda ham, xizmat 
ko‘rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi. 
Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari o‘tmishdoshlaridan, birinchi 
navbatda J.B. Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari 
milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday 
yondashuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad 


224 
oluvchi kasbi va faoliyat sohasidan qat’i nazar bir vaqtning o‘zida uni 
yaratuvchi hisoblanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin