Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

9.4.
 
J.B.SEYNING IQTISODIY TA’LIMOTI 
 
Yevropadagi ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQSHda 
butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm 
bilan o‘rin almashish davriga qadar, klassik 
maktab g‘oyalarining va konsepsiyalarining 
keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos 
bo‘lib keldi. Shu ma’noda Fransiyada A.Smit 
g‘oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan 
Jan Batist Sey (1767–1832) 
hisoblanadi
148

U 1767-yil, 5-yanvarda Lionda savdogar 
oilasida 
tug‘ildi. 
Oilaviy 
tadbirkorlik 
an’analarini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan 
bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o‘z bilimini 
mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o‘rganish bilan 
shug‘ullandi. 
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u A.Smitning “Odamlar 
boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g‘oyalarni ommaviy- 
lashtirish, uning fikricha, Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek, 
barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. 
J.B. Sey hayotda har xil mashg‘ulot turlari bilan shug‘ullandi. U 
savdo kontorasida nazoratchi bo‘lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat 
qildi, nufuzli jurnal muharriri bo‘ldi, davlat muassasalarida ishladi. 
Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim sohasidagi 
tadqiqotidir. U o‘zining 
«Siyosiy iqtisod traktati» (1803) 
asarida 
A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi 
148
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017. 142–147-б. 


220 
uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning 
yuksalishiga va xalq boyligini ko‘paytirishga to‘sqinlik qiluvchi “man 
etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm 
to‘g‘risidagi g‘oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo‘jalik 
hayotini qayta qurishga aralashmasligi to‘g‘risida g‘oyaning amalga 
oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o‘sha davrdagi Fransiya 
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo‘lar edi. 
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifini 
suhbatga chaqirgan va unga o‘z asarini tubdan qayta ishlashni taklif 
qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur 
bo‘ldi. 
Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o‘zining xususiy ip yigirish 
fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yili uni sotib, topgan puliga 
«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 
1814-yili chop etiladi, so‘ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 
1819 va 1826-yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko‘p 
tillarga tarjima qilindi. 
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan 
o‘zgarishlar J.B. Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi 
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‘yicha o‘z asarlari ustida 
ishlashni davom ettirdi, ko‘p ma’ruzalar o‘qidi va ularda iqtisodiy 
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini 
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy 
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va 
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. 
«Sey qonuni». 
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin 
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin 
raqobati va proteksionizmning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik 
tamoyillarini qo‘llab-quvvatladi va ularni ko‘klarga ko‘tardi. Agar bu 
tamoyillar qo‘llanilsa, J.B.Sey bashoratiga ko‘ra, ortiqcha ishlab 
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‘la iste’mol qilmaslik ham 
bo‘lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib 
chiqmaydi. U bu g‘oyani rivojlantirib, o‘zining «bozor qonuni»ni 
yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‘ra, 
har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu 
daromadlarga qiymati ularga teng bo‘lgan tovarlar sotib 


221 
olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo‘ladi
149
. Boshqacha 
qilib aytganda, tovarlar taklifi o‘zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni 
o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi). 
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, 
ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat 
ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga 
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p ishlab chiqarishdan 
qo‘rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish 
xavfi tug‘ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida 
klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va 
keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning 
tasdiqlashicha, 
odamlar 
daromadlarning 
barchasini 
iste’molga 
sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa 
shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni 
qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri 
ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga 
sarflanishi kerak bo‘lgan daromadning bir qismi jamg‘armaga ajratiladi. 
Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‘rtasidagi 
muvozanat buziladi. 
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, 
iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya 
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‘ziga mos ravishda iste’molni (talabni) 
keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning 
«tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini 
ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib 
chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan 
«Sey qonuni» shu ko‘rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin 
tashkil topishi xo‘jalik konyunkturasidagi o‘zgarishga darhol moslasha 
oladi, iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, 
deb hisoblagan. 
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan 
barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab 
149
Раззоқов А.,Тaшматов Ш.,Ўрмонов Н.. Иқтисодий таълимотлар тарихи.–Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007.134-б. 


222 
miqdoriga teng bo‘ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu Sey 
qonunining mohiyatini tashkil etadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin