Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Ish haqi va foyda nazariyalari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Ish haqi va foyda nazariyalari. 
D.Rikardoning ish haqi nazariyasi 
yoki uning yozishi bo‘yicha 
“mehnatning tabiiy bahosi” 
va 
“mehnatning bozor bahosi” 
T.Maltusning nazariy qoidalariga 
asoslanadi. 
“Mehnatning tabiiy bahosi” 
bu ishchining yashashi va o‘z 
naslini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan baho hisoblanadi. U 
olinadigan pul miqdoriga emas, balki unga sotib olinishi mumkin 
bo‘lgan zaruriy vositalar miqdoriga bog‘liq. 
“Mehnatning bozor bahosi” 
mehnatga bo‘lgan talab va taklifning real nisbati asosida shakllanadigan 
haq sifatida tavsiflanadi. D.Rikardo bo‘yicha, ish haqi dinamikasi 
ishlovchi aholining soniga bog‘liq, negaki ishlovchi aholining soni 
ishchi kuchi taklifiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlovchi aholining tabiiy 
o‘sishiga bog‘liq holda mehnatga bo‘lgan talab va taklif shakllanadi, 
demak ish haqi ham tebranib turadi. Aholining o‘sish sur’atidan kelib 
chiqqan holda, ish haqi pasayish moyilligiga ega deb hisoblaydi, 
uningcha, ish haqi talab va taklif bilan tartiblanib turiladi, ishchilarning 
soni esa doimo ko‘payib boradi, ularga bo‘lgan talab esa sekin oshadi. 
D.Rikardo o‘zining bu pessimistik qarashlarini tasdiqlashga urinib, ish 
haqining oshishi tovarlar bahosining oshishidan sekin yuz beradi, 
natijada ishchi ish haqi va baho oshgan davrgacha xarid qilishi mumkin 
bo‘lgan tovarlarga qaraganda kamroq tovar sotib olishga majburligini 
qo‘shimcha ham qiladi. Lekin ish haqini tartibga soluvchi turuvchi 
“omillarini” tadqiq qilgach, ish haqining pasayish moyilligi faqat uning 
davlat tomonidan tartibga solinmaydigan “xususiy va erkin raqobat 
bozori” sharoitida amal qilishi mumkinligiga izoh berib o‘tadi. 
D.Rikardoda 
foyda 
ishchining haq to‘lanmagan mehnati natijasi 
sifatida tavsiflanadi. Erkin 
raqobat sharoitida 
foyda, xuddi ish haqiga 
o‘xshab, pasayish moyilligiga ega, chunki 
jamiyatning rivojlanib va 
boyib borishi bilan qo‘shimcha talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab 
chiqarishga ketadigan mehnat sarflari ko‘payib boradi. 
Lekin shu yerda 
u haqli ravishda, foydaning pasayish moyilligi muayyan vaqt o‘tgandan 
keyin 
ishlab 
chiqarishda 
foydalanayotgan 
mashinalarni 
takomillashtirish, agronomiya yutuqlaridan foydalanish tufayli yuz 
beradi, deb qayd qilib o‘tadi. 


199 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin