Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Keyingi merkantilizm 
XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII 
asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. (Uning 
asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi.) Bu davrga kelib 
milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan 
rag‘batlantirilishi sababli, mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng 
va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning 
«pul 
balansi» 
o‘rniga keyingi merkantilistlarning 
«savdo balansi» 
nazariyasi 
kelib chiqdi. 
«Savdo balansi» 
nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) 
Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya 
vakillari 
dastlabki 
merkantilistlarni 
mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni 
man etgani, importni haddan tashqari 
cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning 
fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy 
siyosatdagi 
asosiy 
vazifasi 
– 
mamlakatda imkoni boricha ko‘proq pul 
mablag‘larini jamg‘arish emas, balki 
aktiv savdo balansiga erishishdir 
(eksportning importdan ustun bo‘lishi). E
ksport va import o‘rtasidagi 
farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‘sishidir
. Demak, real boylik 
bu – «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul 
kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 
Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish 
uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, 
subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki 
iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy 
savdo orqali boshqarilishi lozim. 
Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xomashyolar 
importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya 
majburiyatlari hisoblangan. 


131 
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi 
nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina 
merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda 
emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, 
Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi 
degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlar bilan 
savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni Angliya 
va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq 
Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada 
eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi 
mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki 
eksport bilan bog‘liq, ilk merkatilistlar qimmatbaho toshlar eksporti 
qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik 
yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish 
maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‘rinli bo‘lishi mumkin 
degan farazni taklif etishgan. 
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari 
aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 

tashqi bozorlarni 
nisbatan arzon 
tovarlar sotish yo‘li bilan 
egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni 
qimmatiga sotish; 

mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, 
tovarlar importiga ruxsat etish 
(zeb-ziynat buyumlaridan tashqari); 

qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun 
oltin va kumushni 
chetga chiqarish
, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini 
ko‘paytirish. 
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi 
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb 
qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy 
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‘tishga sabab bo‘lgan. Agar 
dastlabki merkantilistlar pulning jamg‘arish funksiyasini asosiy deb 
bilgan bo‘lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala 
funksiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga 
ko‘ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‘liqlikda, 
tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda 
bo‘ladi. Ular, pul taklifining ko‘payishi unga bo‘lgan talabni oshirgach, 


132 
savdoni rag‘batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar. 
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi 
dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar 
mohiyatiga e’tibor qaratgan. Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni 
inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy 
g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy 
bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569-yilda fransuz olimi Jiyn Bodin 


133 
tomonidan taqdim etilgan. U XVI asr davomida G‘arbiy Yevropada 
narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, 
asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining 
o‘sishi deb hisoblangan. 1660–1776-yillar davomida bozor iqtisodi 
boshqaruvi 
haqidagi 
tahliliy 
fikrlar 
ko‘paydi. Merkantilistlar 
adabiyotining (markaziy) asosiy xususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga 
oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari 
ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi 
tashqi va ichki savdoning o‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining 
o‘zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, 
Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan 
fikrlarga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: 
mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura 
bilan chambarchas bog‘liq. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin