5.4.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VA
BOBURIYLAR DAVRI
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin
Muhammad Bobur (1483–1530) va uning
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy
masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga
tarixiy
bitiklardan
ma’lum
93
.
Xususan,
Boburning «Boburnoma» asarida,
«Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid
ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta
o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da
esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari
to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar
ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan
iqtisodiy islohotlarni, o‘zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalar
chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar
topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo‘lmish
ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj
to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlari bizni to‘lqinlantiradi.
E’tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning
davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish
masalalariga doir alohida asari yoki uning o‘z hukmronligi davrida
yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‘lmasa ham,
ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha
xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida
iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun
ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan
asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o‘laroq u
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi.
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‘rinni
egallagan.
93
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2007, 51–52-б.
Zahiriddin Muhammad
Bobur (1483-1530)
121
Boburning «Mubayyin» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy
masalalarga bag‘ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi»
ma’nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham
«zakot» ma’lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan
soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida
to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «hisobi»,
ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun belgilangan
miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.
«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», deb
yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig‘i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam
va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib,
uchdan birga teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning
maydoniga bog‘liq ravishda olingan.
Yerni sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‘orishni
talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko‘p
hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo‘lgan.
Suv solig‘i quyidagicha olingan: «agar sug‘orish davrida chig‘ir
qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%) soliq uchun
to‘lashing kerak», ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga
olingan va bu mantiqan to‘g‘ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq
va boshqa yig‘imlar tamomila islomiy shariatga to‘la rioya qilingan
holda olingan. Nisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim,
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo‘yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar,
ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirilishi va
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi. Bobur
savdo-sotiqning xalqlar o‘rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur
tushungan.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‘llarda talash,
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga
ayovsiz munosabatda bo‘lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‘bek va
122
boshqa temuriylar siyosati bilan ma’lum. O‘sha davrda Bobur
savdogarlardan olinadigan savdo yig‘imining ham adolatli va xolisona
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining
savdo aylanmasidan savdo yig‘imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan
1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga
nisbatan kamayib borgan, ya’ni daromad ko‘payishi bilan soliq
kamaygan va boylik jamg‘aruvchilar uchun o‘ta manfaatli bo‘lgan.
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‘llash foydadan xoli emas.
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‘im esa ularning qaysi
yurtlardan kelganligiga bog‘liq bo‘lgan.
Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo‘lsalar, barcha
daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan.
Musulmon
bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan
olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon savdogar-
laridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va
foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar
davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining juda chuqur ilmiy
asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, hamyurtlari
bo‘lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish
hissini uyg‘otadi.
Ulug‘ bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‘oyalar
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi qarashimizda qudratli
ma’naviy tayanch bo‘lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy
dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish
foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi
davrida mamlakatga vino keltirish taqiqlangan, ya’ni iqtisodiyotda
proteksionizm siyosati qo‘llanilgan. Boburdan keyin uning o‘g‘li
Humoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605)
1556–1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan.
Akbarshoh 1574-yildan boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga
yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‘irlik o‘lchovlarini joriy qildi.
Bu shoh to‘g‘risida 1601-yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda
mamlakatdagi soliq tartibi o‘z aksini topgan.
123
Boburning o‘g‘li Humoyun (1507–1556, podshoxlik yillari: 1530–
1540; 1555–1556) jamiyatni tabiiy tartib asosida qurish tarafdori
bo‘lgan. Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” asarida
keltirilishicha, Humoyun: “Men jamiyatdagi sun’iyliklaru betartib-
liklardan bezor bo‘lganim uchun davlat ishini tabiiy bir asosga
qurmoqchiman”, – deydi.
Yer uchun to‘lanadigan soliq davlat xazinasini to‘lg‘azishning
asosiy manbayi hisoblangan. Bobur barcha yerlarni o‘z amaldorlariga
“jogir” sifatida bo‘lib bergan edi. Humoyun bunga o‘zgartirish kiritmadi.
Akbarshoh esa yer solig‘i tizimini ancha takomillashtirdi. 1580-yildan
boshlab, yer o‘lchov birligi qilib “gazi Iskandariy”, keyinroq “gazi
ilohiy” qabul qilindi. Yerlar har yili ekiladigan, ikki yilda ekiladigan,
uch-to‘rt yilda ekiladigan, besh yildan ortiq muddatga bir ekiladigan
toifalarga ajratilar va shunga ko‘ra soliq hajmi belgilanar edi. Bu hajm
uchun o‘tgan yillikda olingan hosilni o‘rtachasi me’yor qilib
belgilangan. Davlatga ko‘pincha olingan hosilning uchdan bir qismi
soliq sifatida topshirilar yoki o‘sha miqdordagi pul davlat xazinasiga
to‘lanar edi.
Bobur va Xumoyun o‘zlarining nomi va surati tushirilgan tanga pul
zarb qildilarku, biroq pul muomalasi tizimiga boshqa o‘zgartirish
kiritmadilar. Akbarshoh davriga kelib, tilla, kumush va misdan tanga
pullar zarb qilindi va har birining qimmati alohida ko‘rsatilib, og‘irligi
va tarkibidagi metall miqdori qat’iy belgilab qo‘yildi. Tangalar asosan
dumaloq shaklda zarb qilinar edi. Akbarshoh tangalarga o‘z suratini
tushirmadi, balki tangalarga podshohning ismi, pul birligi, zarb qilingan
yil va Qur’ondan oyatlar o‘yib yozildi. Akbarshox davrida zarb qilingan
pullar juda chiroyili edi. Eng yuqori qimmatga ega bo‘lgan pul birligi
“Shahanshohi” deb yuritilardi. Bu pul ko‘proq yuqori doiralarda
qo‘llanilgan. Pastroq tabaqalar ishlatishi uchun “ilohiy” pul birligi
chiqarilgan bo‘lib, bir tanga pul o‘n rupiyaga teng edi. Jami yigirma olti
hil tanga pul zarb qilingan. Kumush tangalar “rupiya” deb atalgan. Mis
tangalar “dom” deb atalar va rupiyaning qirqdan bir qismiga, eng kichik
mis tanga esa “jidal” deb atalib, paysaning yigirma beshdan bir qismiga
teng edi. Akbarshohning pul birligi tizimi juda mukammal edi. Bu pullar
Britaniyaning pul birliklarini takomillashtirish uchun ham asos bo‘lgan.
124
Jahongir ba’zi tangalarga o‘z suratini, ayrim tangalarga esa, nomni
yoki rafiqasi Nurjahonning nomini o‘yib yozdirgandi. Ayrim tangalarda
uning qo‘lida may kosasi tutib turgan surati tushirilgan edi. Pul tizimi
ancha vaqtgacha shundayligicha o‘zgarishsiz qoldi. Avrangzeb davrida
rupiyaning qadri ancha ko‘tarildi. Boburshoh- larning asosiy burchi
adolatli ish olib borish edi. Podshoh asosiy qonun chiqaruvchi shaxs
hisoblanib, sudlov hokimiyatiga ham uning qo‘lida bo‘lgan. Har juma
kuni peshin nomozidan so‘ng, ochiq sudda ish ko‘rilar edi. Eng og‘ir va
quyi sudlov qarorlarida hal qilib bo‘lmaydigan ishlar qozilar orqali shoh
e’tiboriga havola qilinar edi. Podshohdan keyingi mavqeida qozikalon
turar edi. Har bir viloyat, tuman, parganda va shaharlarda qozilar
tayinlanar edi. Qozilar asosan mulklarni ajrim qilish va diniy ishlar
muhokamasi bilan shug‘ullangan. Ko‘pincha ularga “muftiy” hamkorlik
va maslahatgo‘y qilardi. Bundan tashqari, sho‘bador, favjdor, shiqdor,
qutvol va boshqalar jinoyi ishlarni ko‘rar, devon, amali guzar, omil va
boshqalar esa fuqarolar orasida mojarolarni hal qilardi. Qishloqdagi
mojarolar esa qishloq oqsoqoli tomonidan hal qilingan.
Akbarshohdan boshqa boburiyshohlar huquqiy masalalarni hal
qilinganda, islom qoidalariga tayanib ish ko‘rardi. Akbarshoh esa
hindlar masalasi ko‘tarilganda, ularning urf-odatlarini hisobga olardi.
Avrangzeb davrida esa, islom qonunlariga asoslangan qonunlar to‘plami
“Fatvon Olamgiri” yaratildi. Boburiylarning jazo choralari shafqatsiz
edi. Jinoiy ishlar “qonga qon", “jonga jon” mezoni asosida ko‘rilardi.
Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini kesish, kaltaklash,
mol mulkini musodara qilish, jarima solish va boshqa jazo choralari
tayinlanardi.
Bobur va boburiylar ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar
davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining chuqur ilmiy
asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi. Bunday ilmiy salohiyat Boburning vorislari, hamyurtlari
bo‘lgan bizlarda, unga nisbatan chuqur hurmat va faxrlanish hissini
uyg‘otadi
94
.
94
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 169–171-b.
|