5.3. ALISHER NAVOIY IQTISODIY TA’LIMOTI Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk shoir
va davlat arbobi. U o‘z davrining siyosiy va
iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning
iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun
kishilarda
vatanparvarlik
his-tuyg‘usini
uyg‘otish zarurligini yaxshi tushungan.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy
fikrlari
shakllangan
asari
«Hiloliya» hisoblanadi. U
shaxsning tarixdagi o‘rniga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy
ahvoli mamlakat xukmdorining aql-idroki va
qobiliyatiga bog‘liqligini aytadi. “Agar mamlakat hukmdori fanlarni,
ayniqsa iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa,
o‘zi boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo‘ladi, agar aksi
bo‘lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo‘ladi”, – deydi Navoiy.
Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat
arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M. Keyns ham
qayd qilib o‘tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha, Markaziy
Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni
rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois,
juda ko‘p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi
bo‘lgan yerni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta
e’tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo‘l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi.
Birinchi yo‘l bu – o‘z mehnati bilan boylik to‘plash, yig‘ish va o‘ziga
to‘q yashash. Bunday boylikni u qo‘llab-quvvatlagan. Navoiy olingan
boylikni uch qismga bo‘lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga,
ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini
esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy
ko‘pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko‘prik va boshqalarni o‘z
hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo‘li bu – o‘g‘irlik,
ta‘magirlik va zo‘rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik
orttirish nomaqbul usulligini qayd qiladi.
Alisher Navoiy
(1441–1501)