119
ichkarisidagi olib sotarlar. Olib sotarlarga nisbatan salbiy
munosabatda bo‘lgan. Uning fikricha, olib sotarlar
«o‘ziga foyda va
boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish»
, ya’ni
xalqning zarari hisobiga foyda ko‘ruvchilardir.
Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz, bo‘zi shoyi
bo‘lishga intiladi. Bu yerda savdogar Navoiyning “Xotami Toyiy”
asaridagi o‘tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan
mehnat qilib, o‘tin teradi va uni bozorga olib borib, sotadi. Bu joyda
“tovar-pul-tovar” jarayoni kechadi. O‘tinchi cholning ayriboshlashdan
ko‘zlangan maqsadi iste’mol qiymatidir.
Bundan tashqari,
ayriboshlash qiymati ham mavjud. Navoiyning nazarida, savdogarning
molni sotib olishdan maqsadi uni yanada qimmatroq sotishdir. Demak,
shoirning fikricha, kapitalning dastlabki shakllaridan biri mavjud
bo‘lgan.
Agar klassik maktab vakillari muomala sohasida boylik
yaratilmaydi, deb hisoblagan bo‘lsalar,
mutafakkir Navoiy fikricha,
muomala, ya’ni odilona savdo sohasida ham o‘zaro foydali faoliyat
ro‘y beradi
91
.
Navoiy intellektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu
kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko‘rsatib
berdi va
ularni o‘z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson
ma’naviyatining kamoloti bilan uyg‘unligini takror-takror qayd
etganlar. Jumladan, mamlakat obodligi
va el farovonligini yuksak
ma’naviyat bilan quyidagicha bog‘lagan:
To hirs-u havas xirmoni barbod o‘lmas,
To nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas,
To jabr-zulm jonga bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas
92
.
91
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 154–155-betlar
92
А.Раззоқов, Ш.Тaшматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-
MOLIYA” 2007, 51-б.