Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Merkantilizm 
– bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning 
rivojlanishiga bo‘lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga 
asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning 
yemirsh davriga muvofiq keladi va “toindustrial” iqtisodiy davrdagi 
voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi
96

Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda 
etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. 
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni 
tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berish bo‘ldi. 
Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab- 
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya 
qildilar. 
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar 
bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik 
95
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 61-b. 
96
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 
2017. 73-б. 


128 
sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini 
ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni 
import qilish yo‘li bilan sanoatni rag‘batlantirish; import qilinadigan 
sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, 
tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish; ish haqining past 
darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi. Milliy farovonlikning 
zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, 
merkantilizmning asosi hisoblanadi. 
Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, uzoq yillar davomida 
boylikning, xalq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va 
chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‘rib 
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi. Avvalo, natural- 
xo‘jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan 
va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk 
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi, 
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 
Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga 
beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning 
o‘rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab 
va eksportning importdan ko‘p bo‘lishining maqsadga muvofiqligi, 
kapital eksportini rag‘batlantirish va jamiyat ishlarini qo‘llab-quvvatlash 
tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo‘shningni quritsang, 
go‘yoki millat boy bo‘ladi” kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan. 
Merkantilizmni zamon muammolariga ilmiy munosabat deb 
tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Xususiy mulk inqirozga uchrab, davlat 
mulkiga aylantirilayotgan bir davrda merkantilistlar xalq boyligi va 
qudratini oshirish uchun eng yaxshi siyosat va yo‘llarni belgilashga 
intilardilar. 
Merkantilistlar dunyodagi umumiy boyligini o‘zgarmas deb qabul 
qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‘rtasida 
savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromad olishi boshqasiga 
albatta zarar keltiradi, deb ta’kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu 
mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo‘llab, bir xalqning iqtisodiy 
qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga 
amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar 
xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq 


129 
topishida muhim vosita ekanini e‘tirof etib, ko‘proq xalqaro savdo 
balansiga e’tibor qaratishgan. 
Merkantilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‘lsalar 
ham, ichki bozorga ko‘p mahsulot ishlab chiqarishni ma‘qullamaganlar. 
Ko‘p ishlab chiqarish bilan birga kam iste’mol qilish eksportni 
oshirishga imkon beradi, bu esa millat boyligining va qudratining 
oshishiga olib keladi deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda 
nisbiy ustunlikka erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi 
tarafdori bo‘lganlar. Ularning fikricha, yashash minimumidan yuqori 
maosh berish mehnat layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi 
yil davomida kamroq soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni 
kamaytirishga sabab bo‘lishi mumkin
97


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin