106
Amir Temur davlatni boshqarishda mulkchilik munosabatlariga
jiddiy e’tibor qaratgan. Uning ta’biricha, davlatu saltanat uch narsa:
mulk, xazina va lashkar bilan tikdir
65
. Bosh hukmdor tomonidan yirik
mulkdorlarga biron xizmatlari evaziga taqdim etiladigan yer-mulkning
tarxonlik
66
, tanxoh
67
va tuyul
68
yorliqlari asosida
berilishi keng tarqalgan.
Shu bilan birga, turli
yorliqlar asosidagi maosh, yer-mulk berilishi va
unumli foydalanish tizimi nazorat ostiga olingan.
“
Hukm qildimki
, – deya ta’kidlaydi Amir Temur,
–
davlat
tomonidan
belgilangan
butun
maoshlarning to‘liq ma’lumotlarini devonbegi va
vazirlar avval menga bildirsin, so‘ngra tanxoh
berilsin.... O‘nboshi, yuzboshilarga
maosh
shahar omonligi
69
xazinasidan va podsholik
mulki daromadidan naqd pul hisobida yozilsin.
Mingboshilarga viloyat ichidagi ekinzorlardan tuyul bersinlar. Amirlar
va amir ul-umarolarga esa chegaralardagi viloyatlardan biri tuyul qilib
belgilansin... Qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha o‘z
holiga qo‘ysinlar. Uch yil o‘tganidan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar
mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol
bunga ters bo‘lsa, ul viloyatni xolisaga
70
o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha
yer egasiga haq berilmasin
”
71
.
Bu davrda yer va mulkchilikning asosan to‘rtta shakli, ya’ni:
−
mulki devoniy – davlat yerlari;
−
mulk – xususiy yerlar;
−
mulki vaqf – madrasa va ibodatxonalar tasarrufidagi yerlar;
65
Oʻsha asar. 109-bet.
66
Tarxonlik yorligʼi – mulk egasini soliq, to
‘
lov va boshqa majburiyatlardan ozod etilishini kafolatlovchi,
odatda, amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga beriluvchi hujjat.
S.Saidqosimov (rahbar), А.Аhmedov, B.Аhmedov va boshqalar. Аmir Temur jahon tarixida. – T.: Sharq,
2001, 104-bet.
67
Tanxoh – saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va boshqalar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh
pul, baʼzida alohida xizmat ko
‘
rsatgan beklarga tanxoh sifatida yer-suv berilgan. Xalqaro Аmir Temur
jamg
‘
armasi. Temur tuzuklari. – T.: “O
‘
zbekiston”, 2011,100-bet.
68
Tuyul – xiroj va soliq yigʼib olish haqi bilan inʼom etilgan yer-mulk, viloyat. O
‘
sha asar, 101-bet.
69
Shahar omonligi xazinasi – fath etilgan shahar aholisidan to
‘
plangan “moli omon” (o
‘
lpon)
saqlanadigan xazina. O
‘
sha asar, 101-bet.
70
Xolisa – davlat ixtiyorida bo
‘
lgan, barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv
va mol-mulkni tasarruf
etuvchi idora. O
‘
sha asar, 101-bet.
71
O
‘
sha asar, 100–102-betlar.
Amir Temur (1336-1405)
107
−
jamoa yerlari mavjud bo‘lgan.
Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki
hisoblangan. Ularga avvalgidek yurt hukmdorlari – sulton yoki amir
egalik qilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida suyurg‘ol keng qo‘llanilgan.
U Amir Temur davlati tashkil topishi arafasida joriy qilinib, yerlar
hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi
jihatidan turlicha bo‘lgan. Suyurg‘ol yerlari ba‘zan
oliy hukumat
farmoniga binoan avloddan avlodga meros qoldirilgan. Egasiga o‘z
suyurg‘oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va boshqa
to‘lovlarni to‘plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Qayd
etish kerakki, buyuk Sohibqiron hukumatga aloqador har qanday
mansab egalaridan o‘z ishiga, xususan, mulkchilik masalasiga tartib,
mas’uliyat va adolat bilan yondashishlarini qattiq talab qilgan.
Aksincha ish tutib, mol-mulkka zarar yetkazganlariga nisbatan tegishli
choralar ko‘rilgan
72
.
Agar kimda-kim qarovsiz
yerlarni obod qilsa, koriz qursa yoki
bog‘ yaratsa, soliq to‘lovlari bo‘yicha muayyan imtiyozlardan
foydalangan. Xarob bo‘lib yotgan egasiz yerlar xolisa tarafidan obod
qilingan. Mabodo, egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga
bu ishni amalga oshirishi uchun turli asboblar va kerakli narsalar
berilgan. Dehqonchilikka mo‘ljallangan yerlardan olinadigan asosiy
soliq xiroj (yoki mol) deb nomlangan. Xiroj asosan hosil yetilib, uni
yig‘ib-terib olish vaqtida mahsulot, ba’zida pul holida to‘langan. Soliq
hosilga, yerning unumdorligi va suv bilan nechog‘li ta’minlanganiga
qarab belgilangan.
Chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan
sug‘oriladigan yerlardan yalpi hosilning uchdan bir qismi miqdorida
olingan. Agar yer egasi uni pul hisobida to‘lashga rozi bo‘lsa, unda
hosilning uchdan bir qismi bozor narxi hisobida pulga chaqilgan.
Bordi-yu, raiyat hosilni uch qismga bo‘lishga rozi bo‘lmasa, shu
paytda hisobga olingan yerlar birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib
73
yerlariga ajratilgan. Bunda birinchi
72
Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Аmir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar).
– T.: “O
‘
zbekiston”, 2010 yil, 174-bet.
73
Jarib yoki jerib (Аlisher Navoiyning “Vaqfiya” asarida jerib deb nomlangan) – yer sathi o
‘
lchovi. Bir
jarib 3600 kv. m. Gazga, yaʼni taxminan bir tanob (958 kv.m.) yerga teng boʼlgan. Xalqaro Аmir Temur
jamg
‘
armasi. Temur tuzuklari. – T.: “O
‘
zbekiston”, 2011, 144-bet.
108
jaribdan olingan hosilning uch harvori (bir eshak ko‘tarishi mumkin
bo‘lgan yuk), ikkinchi jaribdan – ikki harvori, uchinchi jaribdan esa
bir harvori yig‘ib olinishi buyurilgan. Shuningdek, kuzgi, bahorgi va
yozgi dehqonchilikdan olingan hosil dehqonning o‘ziga qolgan. Bu
haqda, Alisher Navoiyning “Vaqfiya” asarida temuriylar davrida
o‘ziga xos tarzda jaribga ajratilgan ekin maydonlari va ulardan olingan
daromadlar haqida batafsil ma’lumotlar
keltirilgan
74
.
Amir Temur o‘z xalqiga doimo e’tiborli bo‘lgan. Ularni og‘ir
ahvolga solishni man etgan, yashash sharoitlarini, soliq va boshqa
majburiy to‘lovlar undirilishi jarayonlarini nazorat qilish uchun
alohida vazirlar tayinlagan. Vaqti-vaqti
bilan olimlar va hukumat
vakillarini chekka hududlarga biriktirib, raiyat ahvolini o‘rganishlarini
va haqiqiy vaziyat to‘g‘risida ochiq-oydin axborot berishlarini talab
qilgan. Bu fikrimizga Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridan
olingan quyidagi parcha yaqqol misol bo‘la oladi: “
Dostları ilə paylaş: