Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

4.5.
 
NIZOMULUKNING “SIYOSATNOMA” ASARIDAGI 
IQTISODIY FIKRLAR 
 
Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) 
Saljuqiylar 
davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn 
Ishoq at-Tusiyning unvoni, «Nizomulmulk», 
ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan 
shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oqib, 
voyaga yetgach, Balxga borib, Ali 
ibn 
Shodon xizmatiga kiradi. 
Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida 
vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. 1072-yili 
Alp Arslon o‘ldirilgach, uning o‘g‘li, 17 
yoshlik 
Malikshoh 
(1072–1092-yillar) 
saroyida Nizomulmulk vazirlik qilib, qariyb 
davlatning hamma ishlarini o‘zi olib borgan. 
59
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 102–104-betlar. 
Nizomulmulk (1017 - 1092) 


97 
Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining 
ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni 
boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o‘tkazgan. 1067-yili 
Bag‘dodda «Nizomiya» aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091- 
yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat 
boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va 
vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo‘shin va sarbozlar, xizmatchi va 
shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilar-u posbonlar vazifalari, 
ularning maoshlari, pochta va ayg‘oqchilik (razvedka) ishlari, ularning 
moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va 
vaqf masalalari ham o‘rin olgan. Asarning asosiy g‘oyasi shundan 
iboratki, vazir Nizomulmulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va 
muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib 
o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli bo‘lishga, 
mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini 
ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat qiladi. Nizomulmulk Bag‘dod 
safari yo‘lida yollangan qotil tig‘idan halok bo‘ladi. 
Nizomulmulkning “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul-muluk” asari 
saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi 
sifatida e’tiborga sazovor manba bo‘lib, u o‘zbek milliy davlatchiligi 
tarixida ham alohida qiymatga egadir. Asar IX–X asrlarda hukm surgan 
sulolaning siyosiy dasturi bo‘lib, unda o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va 
Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‘lgan muhim siyosiy voqealar 
bayoni va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy 
ma’lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat 
boshqaruviga oid ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

siyosiy tarixga oid ma’lumotlar; 

ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma’lumotlar; 

ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar; 

islom mazhablari o‘rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar; 

boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari; 

siyosat falsafasi, o‘zini o‘zi boshqaruv institutlari. 
Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning 
podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo‘lib, 
ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‘liq. 


98 
Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa 
tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bo‘lib ko‘rinsada, hozirgi 
siyosatshunoslik uchun ham qo‘l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga 
monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy 
institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta’minlovchi idoralar ham 
hayot talablaridan orqada qolmaydi. 
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki 
uning ijrosi cho‘zilib ketganligi to‘g‘risida xabar etsa, podshoh mas’ul 
va mutasaddi shaxslar uchun ham jazo belgilagan (ular o‘z yaqinlari 
bo‘lsa ham). Chunki, markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga 
so‘zsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o‘sha davrning eng oliy siyosati 
edi. 
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni 
hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning 
uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb 
qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr 
yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning 
jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axloq masalalariga oid 
javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy- 
axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy- 
falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) 
o‘rtasidagi munosabatlarda uyg‘unlikni ta’minlash asosiy o‘rinda turgan. 
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdoridir. To‘g‘ri, u 
markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, 
istiqbolli dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o‘tkazishni 
o‘rtaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq 
(avom), amaldor (xizmatchi)lar bilan kishi (fuqaro)lar o‘rtasida murosa 
munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan. 
Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini 
o‘ylaydi, zo‘rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u 
hech qachon yomon ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan 
yuqori narsa yo‘q deb hisoblaydi», degan g‘oyani o‘z davrida alloma 
Konfutsiy ilgari surgan edi. Bunday g‘oyalarni Nizomulmulkda ham 
uchratish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabat- 
lardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli 
voqelikdir. To‘g‘ri, ba’zan Nizomulmulk insoniylikni 


99 
kichiklarning kattalarga hurmat ko‘rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin 
ushbu talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va 
fuqaro (inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko‘chiradi. Qanday 
bo‘lmasin, jamiyat va davlatni boshqarishda insoniylik, insonparvarlik 
tamoyillariga tayanishga da’vat – Nizomulmulk ijodidagi olijanob 
jihatdir. Xalq, odamlar, amaldor- larning qanday sifatlarni o‘zida 
shakllantirishi yoki ulug‘lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita 
bog‘liqdir. Bu o‘rinda Sharq xalqlariga xos bo‘lgan «aravaning katta 
g‘ildiragi qayerdan yursa, kichik g‘ildirak ham shu yerdan yuradi», 
degan maqol esga tushadi. 
«Xalqni o‘z ketidan yergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima 
uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». 
«Hukmdor o‘z axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham 
tuzatolmaydi», “badaxloqlik oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni 
tanazzulga olib keladi...”. Bunday siyosiy qarashlar Nizomulmulk 
asarining maqsadini ifoda qiladi. Agar Nizomulmulk Makiavelli, 
hukmdor xalqni, davlatni kuch bilan, qurol ishlatib ushlab turishi 
zarurligini ta’kidlasa, Nizomulmulk siyosiy jihatdan boshqarishni 
yoqlaydi. Shubhasiz, Nizomulmulk Makiavelli Qadimgi Rim va Gretsiya 
davlatlarida shakllangan idora usullarini o‘rganib, ulardan zarur 
xulosalar chiqarib, despotiyani ilgari suradi. Hokimiyatda turli 
manfaatlar, intilishlar to‘qnashadi, ularning barchasini qo‘llab- 
quvvatlash podshoh (sulton)ni
60
tilyog‘lamalik qilishga, natijada 
umummanfaatlarni unutishga majbur qiladi. Shu nuqtai nazardan, 
Nizomulmulk Makiavelli hukmdor kuch ishlatishga majbur, deb 
hisoblaydi. 
“Siyosatnoma” kitobida moliya va xo‘jalik ishlari, soliq va xiroj, 
zakot va vaqf, iqto‘ masalalari alohida o‘rin egallaydi. “Siyosatnoma” 
kitobining birinchi faslida “davlatni idora qilish talablaridan yana biri – 
chetdan qoriz qazib suv keltirish, qishlog‘-u dalalar obodchiligi uchun 
katta ariqlar qazish, qalalar qurish, shaharlar bino etish, inshootlar-u 
keng ko‘chalar, rabotlar qurdirishdir”, deb o‘qtiriladi. Xuddi bugungi 
kunning gaplari. 
Uchinchi faslda juda ajoyib bir taklif kiritiladi: zulm ko‘rgan 
kishilar va kambag‘allar qizil kiyim kiysin (eng arzon mato), boshqa 
60
Nizomulmulk. Siyosatnoma yoki Siyar ul-muluk. –T.: 1997, 20-b. 


100 
hech kim bunday rangdagi kiyim kiymasin, toki podsho zulm
qashshoqlik darajasini osonlik bilan aniqlab olish imkoniga ega bo‘ladi, 
xalq hol-ahvoli to‘g‘risidagi bo‘yama, yolg‘on gaplardan xoli bo‘lish 
imkoni tug‘iladi. Xalq orasidan o‘tgan podsho o‘z xizmatchilarining 
ahvolini baholashi mumkin. 
Olim kitobining to‘rtinchi faslida soliqchilar masalasini ko‘taradi. 
Ular xalq bilan yaxshi yashab, yaxshi muomalada bo‘lib, xalqdan 
xirojdan boshqa soliq talab qilmaslik yo‘l yo‘rig‘ini ko‘rsatadi. 
Asarning 9 faslida davlat xizmatchilariga maosh to‘lash to‘g‘risida 
so‘z yuritiladi, bugungi atama bilan so‘zlasak, bunda differensiya, ya’ni 
tabaqalashtirishdan foydalanish taklif etiladi. 
“Ashroflar o‘z martaba va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur. 
Ularning oylik xarajat va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki 
xazinadan beriladi, shunda xalq boshiga ranju azob tushmaydi, zero, 
rostligu halollikdan topilgan mol-u davlat himoya qiladi” qanday ajoyib 
va to‘g‘ri fikr. 
13 faslda omonatga hiyonat qilgan qoziga shohning aqlli tadbiri 
tufayli tegishli jazo berilgani nihoyatda chiroyli misolda beriladi. 
Shohga xiyonat qilib, omonat shartlarini va diyonat rasmini buzgan qozi 
qat’iy ravishda jazolanadi. 
37-faslda podshoning safarga chiqqani va yo‘lida daraxt ekayotgan 
keksa odamni ko‘rgandagi voqea tafsiloti keltiriladi, qari cholning 
yong‘oq ekayotgan holati beriladi va xosilidan tatish uchun qancha 
yashash kerakligi so‘raladi. Chol, boshqalar ekkanini biz yedik, biz 
ekkanimizni boshqalar yeydi, deb javob beradi. Demak, bog‘-rog‘ 
yaratish kelajak to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik yuqori baholanadi. Otaxonga 
sovg‘a beriladi, shunda u mana mehnatimiz mukofotini hoziroq olidik, 
deb javob beradi. 
48-fasl xazina to‘plash va uni saqlash qoida tartibi to‘g‘risida bo‘lib, 
shohlarda hamisha ikkitadan xazina bo‘lishi, ularning biri asosiy, 
ikkinchisi xarj va xarajat xazinasidir. Birinchisidan, zaruriyatsiz bir 
dirxam ham xarj etmaslik kerakligi uqtiriladi. Qilingan xarajatlar imkon 
boricha tez to‘ldirilishi, xazina doim ko‘payib borishi zarur deb 
hisoblanadi. Bu yerda gap mamlakatning moliya tizimi asoslari ustida 
bormoqda. Mamlakatda har ehtimolga qarshi doimiy tegilmaydigan 
zaxira bo‘lishi kerakligi uqtirilmoqda. 


101 
50-
faslda, hisob-kitob tartibi va uni kerakli darajada olib borish 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Bu bobda iqtisodiyotning bosh masalalaridan 
biri, hozirgi davr tili bilan aytilganda, buxgalteriya hisobi yuqori o‘ringa 
qo‘yiladi. “Amaldorlarning ishlari, daromadlari, boylik saqlash, 
dushmanlarni daf etishda zarur bo‘ladigan zaxiralar va xazina tutish 
podshoh uchun muqaddas farzdir. Ammo shunday bo‘lishi kerakki, 
odamlar uni baxl deb o‘ylamasinlar”
61
deyiladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin