104
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Ilk uyg‘onish davridagi O‘rta Osiyo
olimlarining iqtisodiy
g‘oyalarining asosiy mohiyati nimadan iborat?
2.
Marg‘inoniy bo‘yicha islom dinida qanday iqtisodiy g‘oyalar
qo‘llab-quvvatlangan?
3.
“Hidoya”
asarida
qanday
iqtisodiy
xatti-harakatlarni
yoqlangan?
4.
“Fozil odamlar shahri” va turli davrlarda ideal davlatga
berilgan g‘oyalarni taqqoslang.
5.
“Fozil odamlar shahri” asarida ta’riflangan
podsho va
amaldorlarga xos fazilatlar qaysilar?
6.
Ibn Sino va Forobiyning ideal davlat to‘g‘risidagi fikrlarining
o‘xshash va farqli tomonlari nimada?
7.
Ibn Sinoda inson omili qanday ta’riflangan?
8.
“Siyosatnoma” asarining podsholikni yuritishdagi ahamiyati
nimada ko‘rindi?
9.
“Siyosatnoma” necha fasldan iborat?
10.
Yusuf Xos Hojibda pulning qadr-qiymati
qanday xususiyatlar
bilan yoritildi?
105
5-mavzu. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI
IQTISODIY G‘OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT
(2 soat)
5.1.
A.TEMURNING IJTIMOIY-IQTISODIY QARASHLARI
Amir Temur va Temuriylar davri tarixda uyg‘onish davri sifatida
XIV–XV asr Markaziy Osiyo tarixida “oltin asr” deb ataladi.
Buyuk
sohibqiron Amir Temur dunyodagi eng kuchli va katta saltanatlardan
birini barpo etgan bo‘lib, u harbiy san’ati,
davlatni qanday asoslarga
tayanib boshqarganligi, shuningdek, o‘z raiyatining farovonligi yo‘lida
olib borgan islohotlari davrlar osha tadqiqotchilar hamda siyosatchi,
arboblarning diqqat-e’tiborini tortib kelgan.
Bugungi kungacha Amir
Temurga bag‘ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 700
dan ziyod, sharq tillarida esa 900 dan ko‘pdir. Bu asarlarda Amir Temur
shaxsi
va saltanatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy hayoti
alohida qiziqish bilan o‘rganilgan
63
.
Dostları ilə paylaş: