4.3.
BERUNIYNING ASARLARIDA KISHILIK EHTIYOJI,
MEHNAT VA HUNAR MASALALARI
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn
Ahmad
(4-sentabr, 973, Kat, Xorazm, 11-
dekabr, 1048, G‘azna) XI asr qomusiy olimi.
Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi.
U sevgan fanlar
astronomiya, matematika,
geodeziya, geografiya va mineralogiya bo‘lgan
57
.
Beruniyning matematikaga va fanning
boshqa sohalariga qo‘shgan hissasini yozib
qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko‘rish
mumkin. Ulardan eng yiriklari ˗ “Hindiston”,
“Yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va
“Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:
matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta;
astrologiyaga oid — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot,
tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta.
Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib
kelgan.
56
A.Razzoqov. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011, 93–98-betlar
57
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA” 2017,
47–50-б.
Abu Rayhon Beruniy
(973-1048)
90
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy
masalalarini hal etish
bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda
astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday
asarlaridan biri “Geodeziya” 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar
“shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini
belgilash”ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer
aylanasining kattaligini o‘lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan
insonlar yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar
yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval
o‘tgan
Pifagor, Arastu, Arximed, Yeratosfen kabi buyuk olimlar yer dumaloq
va shar
shaklida degan fikrni aytganlar.
Bag‘dodda tashkil topgan “Donishmandlik uyi” nomli o‘sha
davrning fanlar akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy,
Farg‘oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish
olib borganlar. Beruniy ham shu “Donishmandlik uyi”ning aʼzosi bo‘lib,
u yerda 7 yil ishlagan.
Olimning muhim asarlaridan biri “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” uning Jo‘rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi.
1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko‘p qirrali olim ekanini
namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha “Geodeziya” deb
yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun
joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash” nomli astronomiya va
geografiyaga
bag‘ishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi.
Beruniyning “Munajjimlik sanʼatidan boshlang‘ich tushunchalar” asari
ham 1029-yilda G‘aznada yoziladi. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng u
o‘zining “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlarning aqlga sig‘adigan
va sig‘maydigan taʼlimotlarini aniqlash” kitobini
yakunlaydi. Bunda
Beruniy hozirgi Amerika qitʼasining mavjudligini Kolumbdan bir
necha
asr avval ilmiy asoslab bergan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning
yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug‘orish inshoatlarining
ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda
kishilik ehtiyojlarining paydo bo‘lishi va uni qondirish asoslari, mehnat
va hunarga munosabatlari uyg‘unlashib ketadi. Uning fikriga ko‘ra,
kishilar o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda
yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko‘p
91
bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar
yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo
bo‘lishini ham ehtiyoj tufayli deb o‘ylagan. Eng muhim g‘oya shuki,
barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning
qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi emas, balki
uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir
davrning urf-odatlari o‘ziga xos bo‘ladi va inson ahli ularga rioya
qilmog‘i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib ham
yo‘q bo‘ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar
chiqarish mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir.
Inson avvalo halol mehnati bilan ulug‘lanadi, kishilik jamiyatining asl
ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o‘rganmoq
uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib
boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi
alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko‘rsatib berdi.
Binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og‘ir
mehnat deb biladi. Ilm, ma‘rifat zahmatkashlari mehnatiga ta’rif berish,
ilm olish, o‘qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko‘ra,
olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko‘payishiga olib keladi
deyiladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matlar uchun bo‘lgan
harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati
ustunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi).
Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga
qarshi bo‘lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo‘lib
avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda
ishlovchilar, yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida,
ularga berilishi kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi haqida
«Mineralogiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer
ostidagi kon ishlariga alohida e’tibor beriladi, yer osti konlarini
mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib
tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus
92
moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar
qishlog‘ini barpo etish zarurligi ko‘rsatiladi.
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat,
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab
va og‘ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta’lim-tarbiya berish
asosida yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak, deydi olim. Xuddi shu o‘rinda
Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun
naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning
ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli
g‘oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdorini samaradorlik bilan bevosita
bog‘laydi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa
narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‘lchab beruvchi usta bo‘lib,
uning oldida billurning mayda va katta bo‘lakchalari to‘plangan. U ana
shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi
buyum yasashni o‘ylab o‘lchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni
yasovchi hunarmandga beradi, ular usta aytganidek qilib buyumlarni
yasay boshlaydilar.
Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqa- ruvchilari
tomonidan rag‘batlantirib turish foydali ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Bu aslini olganda, manfaatdorlik tamoyilining xuddi o‘zidir. Uningcha,
ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-ro‘z yaratuvchilarga mehribon bo‘lish
kerakligi ko‘rsatiladi. Ana shu g‘amxo‘rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov
beriladi va yer hosildor bo‘ladi, moddiy ne’matlar yaratiladi, ishlovchi
va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda
Adam Smit tomonidan to‘laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne’matlar esa
tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam
bo‘ladi, deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati
masalasi ko‘tariladi).
Agar kishilar to‘q bo‘lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning
vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‘rtasida haqiqatni, kuchli
bilan kuchsiz o‘rtasida tenglikni o‘rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi
olim. Mehnatning ixtiyorligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‘rtasida xulq-
atvor, hurmat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor
93
iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri – bu tanlash va
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Beruniy o‘gitlaridan:
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi
aqllidir.
Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni
bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar.
Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-
g‘ussa bo‘lmaydi.
Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf
obro‘ni ketkazadi.
Dostları ilə paylaş: |