4.4.
IBN SINO ASARLARIDA IQTISODIYOTGA OID
FIKRLAR
Ulug‘ mutafakkir
Ibn Sinoning (980–
1037)
280 dan ko‘p asarlari mavjud bo‘lib,
ular tibbiyot, matematika, astrono- miya,
ximiya, falsafa, iqtisodiyot va boshqa
sohalarga bag‘ishlangan
58
.
Ibn
Sinoning
inson
ehtiyojlari
to‘g‘risidagi, mehnat va uning moddiy ishlab
chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi fikrlari
diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga
esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-
ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat
ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maq-sadda inson dehqonchilik bilan
shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham,
yolg‘iz yashay oladilar, odamlar esa yakka holda o‘zlari uchun
58
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “IQTISOD-MOLIYA”
2017, 51–52-б.
Ibn Sino (980–1037)
94
barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar
muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiqot qiladi.
U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik deb hisobladi.
«Odamning o‘z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoji,
–deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o‘rganishga undaydi».
O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy-
madaniy va savdo markaziga aylantirdi. Bu jarayonlar bir-biridan
minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Yevropadagi
tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini)
yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo‘lga chiqish, katta karvonlarni
tog‘u toshlardan, qum cho‘llardan olib o‘tish, buning uchun ma’lum
qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga
qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish,
karvon yo‘lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab
etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya
(xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko‘pgina fanlar
rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy, Farg‘oniy,
Ibn Sino, Ibn Ro‘shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa
ko‘plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim
iqtisodiy g‘oyalarga o‘z aksini topgan. Sharq uyg‘onishi davridagi
olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar.
Ularning ko‘plari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat
miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‘g‘risida ham fikr yuritadi.
Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‘lish ehtimolini hisobga
olib, unga mablag‘ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga
erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to‘g‘risida fikr yuritib, unga quyidagicha
tavsif beradi:
1)
hamma o‘z foydasini ko‘zlab mehnat qilishi kerak;
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng
taqsimlanishi kerakki, mamlakatda juda katta boylik va ashaddiy
kambag‘allik bo‘lmasin;
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug‘ullanishi va halol savdo
qilishi sababli urushadigan odamlar bo‘lmaydi va urushlar
95
tugatiladi, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‘l bilan hal
etiladi;
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‘ladi,
shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmaydilar, quvnoq
ashula va musiqani yaxshi ko‘radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to‘g‘risidagi qarashlari Platonning
«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning
«Saxovatli shahar yashovchilarining qarashlari to‘g‘risida traktat»ida
aytilgan fikrlariga ko‘p jihatdan o‘xshab ketadi.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog‘liq muhim
g‘oyalarilgari suriladi. Inson sog‘lig‘ining ichki va tashqi muhitga
bevosita bog‘liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoitida katta
ahamiyat kasb etishi ko‘rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan
tushuncha – ehtiyojni ta’riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning
va mehnat qurollarining o‘rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida
“mehnat taqsimoti”ga katta e’tibor qaratiladi, taqsimot tufayli
unumdorlik o‘sishi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan.
G‘arbiy Yevropada esa faqat 1776-yilda Adam Smit bu masalaga
alohida diqqatni jalb etadi.
Inson hayotida iste’mol masalasi muhimligi ko‘rsatiladi. Hozirgi
zamon nuqtayi nazaridan, bu
iste’mol savatchasi
to‘g‘risidagi g‘oyaga
yaqin, ya’ni sog‘-salomatlik va inson hayoti, faoliyati, bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Shuning uchun taomlanish me’yori ham belgilab
beriladiki, uni hozirda ham bemalol qo‘llash mumkin.
Ibn Sinoning asarlarida
fozil davlat
to‘g‘risidagi g‘oyalar
rivojlantirilib, o‘zaro yordam, do‘stlik va hamkorlikka katta e’tibor
beriladi. Ibn Sino nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko‘rsatadi, nazariy
ishlarni inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar to‘g‘risidagi
haqiqiy ilmlar, deb ta’riflaydi. “Aql tarozisida o‘lchanmagan har qanday
bilim chin bo‘la olmaydi, demak, u haqiqiy bilim emas”, degan ibora shu
olimga tegishlidir.
Olim ilmlarni ikki qismga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar. Amaliy
ilmlarning bahosi inson faoliyatidir. Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga,
amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Jamiyat kishilari
o‘zaro kelishuv asosida qabul qilinadigan adolatni qonunlar yordamida
boshqarilishi lozimligini aytadi. Bunda insonining axloqiy fazilatlari
muhim o‘rin egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarni
96
o‘g‘irlaydi, axloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik,
ayniqsa to‘g‘rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi.
Bu xususiyatlar iqtisodiyotda
insoniy omil
to‘g‘risidagi g‘oyaga mos
keladi.
Iqtisodiyot rivojlanishining qonun qoidalariga amal qilib, inson o‘z
bahtini o‘zi yarata oladi. Yaxshi xulq, ma’naviyat va iqtisodiyot
o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini esa, olim “Uy joy tutish tadbiri”
asarida ko‘rsatib beradi. Bu risolada u ayollarga kerakli o‘n yetti xislatni
sanab ko‘rsatadi. Ayol oqila va e’tiqodli, yoqimtoy, o‘z yeriga mehru
muhabbat qo‘ygan, farzand ko‘ra oladigan, kamgap, itoatkor, dili pok,
bexarxasha, pokiza, vazmin va o‘zini tutib olgan jiddiy va ulug‘vor, har
bir qat’iy harakatida o‘zining yaxshi xislatlari bilan ajralib turadigan va
eng muhimi, yerining birini ikki qiladigan, iqtisodiy tejamkor, og‘ir
damlarda unga malham bo‘la oladigan, mushfiqu mehribon bo‘lishi
kerak.
Olimning ilmiy merosi shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy,
tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin. Biz ularning orasidan
ijtimoiy-iqtisodiy g‘oyalarigagina e’tibor qaratdik
59
.
Dostları ilə paylaş: |