Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


-rasm. Buyuk ipak yo‘li xaritasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

3-rasm. Buyuk ipak yo‘li xaritasi 
 
Buyuk ipak yo‘lining yo‘nalishi sharoit, shuningdek, talab-taklifga 
qarab o‘zgarib turgan, o‘rtacha borib-kelish uchun 120-150 kun ketgan. 
Karvonni tashkil etish, boshqarish katta tajriba, bilim, sa’y-harakat talab 
etgan. Tarixchi mutaxassislarning aniqlashicha, bir karvonda 500 
nafargacha odam, yuk tashiydigan jonivorlar bo‘lib, karvonboshi, yo‘lni 
yaxshi biluvchi boshlovchi, qo‘riqchilar va boshqalar, ayniqsa, elchilar, 
tilmochlar, hajga boruvchilar, xat tashuvchilar ham ishtirok etgan. Bu 
o‘rinda qayerga borish, qayerda dam olish, madad so‘rash joylari, 
karvonsaroylar, kerak paytda jonivorlarni almashtirish masalalari muhim 
edi. Odatda, kunduzi yurilgan, kechasi dam olingan, shunga mos 
ko‘nalg‘alar barpo etilganligi ma’lum. Suv, yem-xashak masalasi eng 
dolzarb edi, chunki cho‘l-u sahrolarni yurib o‘tish kerak bo‘lgan. Uzoq 
yo‘llar davomida karvon to‘xtaydigan doimiy makonlar vujudga kelgan, 
ularni karvonchilar bilgan. Ko‘rinib turibdiki, bir 


42
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 29-b. 
61 
qancha davlatlar chegarasini kesib o‘tib, turli xavf-xatarlarni yengib, 
savdogarlar nihoyatda muhim vazifalarni bajarganlar
42

Shu karvon yo‘l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil 
gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, 
qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon 
(Farg‘ona)dan ot va tuyalar olib borilgan. XV–XVI asrlardan bu 
yo‘lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo 
respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo‘lni 
yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug‘ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 
O‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, 
Qora dengizga chiquvchi undan Yevropa (Parij, Rottyerdam)ga 
yetkazuvchi yo‘l loyiha ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu 
yo‘lning kelajagi porloq. 
Endi esa, moziyga qaytib, O‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘li o‘rni 
va eksport potensialiga e’tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, 
hozirgi O‘zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma’lum va bu har 
tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‘lgan. Tarixiy va 
hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik 
o‘rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. 
Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb- hunarga 
mehr qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. 
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, 
boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu 
soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin 
ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi tortganligi aniq. 
Bu o‘lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-
ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po‘lat olish va undan yasalgan 
asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-
anjomlar, ipakdan to‘qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib 
ko‘rinishli qorako‘l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo‘lgan. 
Ajdodlarimiz yaxshi po‘lat olish yo‘llarini bilganlar. Bu po‘latdan 
yasalgan uskunalar sifatli, o‘tkir va nafis bo‘lgan. Tarixiy manbalarga 
qaraganda, kiroyi bir qilichning bahosi bir filga tenglashtirilgan. 
Qilichlar shunchalik mustahkam bo‘lganki, hatto doira shaklida har 


43
Razzoqov A. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011. 33-b. 
62 
qancha 
egilsa-da, 
sinmagan. 
Bu 
po‘latning mustahkamligi siri G‘arbiy 
Yevropada 
XIX 
asrning 
40- 
yillaridagina ochildi
43

Markaziy 
Osiyo 
donishmand- 
larining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar 
hammani qiziqtirgan. Kitob yozish 
(xattotlar) san’ati ham yuqori bo‘lgan. 
Miniatyura san’ati yuqori darajada edi. 
Shu sababli bilim, ilm makoni 
bo‘lgan kitob savdo-sotig‘i yetakchi 
o‘rinni egallagan. Hozirgi davrda ko‘plab taniqli mutafakkirlarimizning 
asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o‘z 
vatani, O‘zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, 
o‘z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo‘lining asosiy faoliyatidan biri 
bo‘lgan, demak, bu yerdan chetga ko‘plab ilm va san’at asarlari 
chiqarilgan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari 
bo‘lganligi ma’lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi 
rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Ot savdosi ayniqsa qadimgi 
farg‘onaliklar uchun eng ko‘p foyda keltiruvchi sohaga aylangan. 
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat xaridorlar xitoylar bo‘lgani aniq. 
Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so‘ralganda, ot 
olishni afzal ko‘rgan. Otlar xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, 
harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan 
o‘ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar 
eksportda etakchi o‘rinni egallagan. 
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan 
mahsulot asosiy o‘rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), 
bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish 
Xitoydan kirib kelgan bo‘lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, 
uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan. 
Vatanimiz hududida qorako‘l teri beradigan qo‘ylar parvarishi 
muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. 
Hozirgi davrda ham bu sohaga e’tiborni kuchaytirish 


63 
O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita 
hisoblanadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin