Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


Mark Tulliy Sitseron (m.o.106–43-yy.)



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Mark Tulliy Sitseron (m.o.106–43-yy.) 
taniqli davlat arbobi va 
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha 
markazlashgan bo‘lib, savdo-sotiq rivojlandi
sudxo‘rlik boylik manbayiga aylandi. Qadimgi 
Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda
Sitseron yirik savdoni qo‘llab-quvvatlab, mayda 
savdoga esa e’tibor qaratmadi. Sitseronning 
sudxo‘rlikka bo‘lgan munosabati ziddiyatli bo‘lgan. 
Bir joyda sudxo‘rlikni ma‘qullasa, ikkinchi bir 
joyda uni qoralaydi. Sitseronning 
savdo 
va 
sudxo‘rlikka bo‘lgan qarashlarida Qadimgi Rim 
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‘jaligi o‘rtasidagi ziddiyat o‘z aksini 
topgan. 
Sitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlakalarda 
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‘lgan. Dehqonchilikni ancha 
samarali ish turi deb hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda 
muhim o‘rin tutgan. 


45 
Quldorlik tuzumining
40
ichki qarama-qarshiligi tobora o‘sdi, qullar 
qo‘zg‘oloni ro‘y berdi. Tarixda 
Spartak 
boshchiligidagi 
(m.a.73-71 
yy.) 
qullar 
qo‘zg‘oloni katta ahamiyatga ega, u beayov 
bostirilgan bo‘lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy 
zarba bo‘ldi. 
Lusiy Sergey Katalina 
(m.a. 63- 
62-yy.) kambag‘al aholi yordamida hokimiyatni 
egallamoqchi, qulchilikni yo‘q qilmoqchi va 
boyimoqchi bo‘ldi, ammo uning harakatlari 
ham zoye ketdi. 
Eramizning 
I–II 
asrlarida 
Rim 
imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo‘ldi, 
lekin quldorlik eksplutatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo‘lib 
qoldi, kolonalar o‘sdi. Aristotel g‘oyalarida qulchilik tabiiy zarurat 
deyilgan bo‘lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan 
fikrlar yuzaga chiqa boshladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin