2.5. QADIMGI RIMDAGI IQTISODIY QARASHLAR Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta
Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149) o‘zining
«Dehqonchilik to‘g‘risida» asarida
qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi.
Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo‘llashga,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor
berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‘jalikda ishlab chiqarish
mumkin bo‘lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‘g‘risida fikr
yuritdi. Eng foydali mahsulot deb olif yog‘ini hisoblagan. Katon
savdogarlar va sudxo‘rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda
deb bilgan va qiymatni to‘la ravishda ishlab
chiqarish
xarajatlariga
kiritgan.
Masalan,
uningcha, barcha «qiymat o‘zagini» material
sarflari, usta va yordamchilarga to‘lanadigan haq
tashkil etadi.
Atoqli Rim yozuvchisi va olim
Mark Mark Portsiy Katon
(m.a.234-149)
Terensiy Varron (m.o. 116–27) xalq xo‘jaligida
dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq
hisobladi. U
«Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining
iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e’tibor berib,
bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. Bunday xulosa
qilishning asosiy sababi shundaki, o‘sha
davrda Italiyada don arzon bo‘lgan, chunki u
chet o‘lkalardan ancha ko‘p miqdorda olib
kelinar edi, chorvachilik daromadi esa
yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, Varron, har
bir xo‘jalikning o‘zini-o‘zi ta’minlashining
tarafdori bo‘lgan, bozor uchun qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni
rivojlantirishga esa uncha e’tibor bermagan.
Mark Terensiy Varron (m.o.
116–27)