Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

3.2.
 
«BUYUK IPAK YO‘LI»NING MARKAZIY OSIYODA 
IQTISODIY MUNOSABATLAR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI 
 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin 
Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li – Buyuk 
ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli 
«Ipak yo‘li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘l m.a. II asrdan to 
milodiy XV asrgacha, suv yo‘llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston
Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O‘rta Yer dengiz 
mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida 
muhim rol o‘ynagan. 
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe 
daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali 
Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‘arbga 
ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 
12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887-
yil ushbu yo‘nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‘li» degan nisbat beradi va 
bu ibora muamalaga kiritiladi. Yevropaliklarga mayin ipak siri ko‘p 
asrlar davomida ma’lum bo‘lmagan, u yerda odatda jundan to‘qilgan 
ancha dag‘al kiyim-kechaklar tayyorlangan. Bu esa ipak matolarga 
bo‘lgan talabni oshirgan. Ayniqsa, xotin- qizlarning bu gazlamaga 
ehtiyoji katta edi. Bu yo‘l orqali, nafaqat ipak, balki boshqa turli-tuman 
mahsulotlar savdosi olib borilganligi aniq. 
Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg‘ar, 
Dovon (Farg‘ona vodiysi)ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi 
Samarqand va Marg‘iyona (Marv)ga yo‘nalgan. Ipak yo‘li Farg‘ona 
vodiysida yana juft tarmoqqa bo‘lingan. Janubiy qismi 


49 
O‘zgandan O‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, 
Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan 
o‘tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga etgan. Demak, qamchiq 
tarixiy yo‘lning uzviy bo‘lagi hisoblangan. Bu yo‘l mohiyat-e’tibori 
bilan Sharq va G‘arbni turli jabhalarda bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, 
diplomatiya, madaniyat va boshqalar). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin