Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

3.3.
 
ISLOM TA’LIMOTIDA IQTISODIY QARASHLAR 
 
O‘rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni 
ancha to‘g‘ri aks ettirgan iqtisodiy g‘oya va nazariyalar shakllandi va 
rivojlandi. Ular o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishidan kelib 
chiqqan holda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan 
biri, eng avvalo, iqtisodiy g‘oya va nazariyalarda diniy qarashlarning 
ustunligidir. O‘sha davrda xo‘jalik hayotidagi diniy-axloqiy me’yorlar, 
ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik 
tamoyillarning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g‘oya, 
nazariyalarning din “pardasiga o‘rab” berilishiga sabab bo‘lgan. 
Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to‘g‘ri aks ettiruvchi iqtisodiy 
qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo‘lishi bilan 
bevosita bog‘liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar islom 
dinining muqaddas kitobi – 
Qur’oni Karimda 
(arabcha – qiroat, ya’ni 
o‘qish) keng tarzda o‘z aksini topgan. Islom dinida Qur’oni Karim Alloh 
tomonidan payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalomga 
vahiy 
qilingan deyiladi. Qur’oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko‘rsatmalar 
o‘zining to‘g‘ri va faolligi bilan ajralib turadi. 
Qur’oni Karimdagi asosiy g‘oyalardan biri musulmonlarning 
qardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda 
dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug‘lanadi, 
barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda 
savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo‘rlik (sudxo‘rlik foizi) qoralanadi, 
xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto 
hasad qilish katta gunoh deb ko‘rsatiladi. Islomda jamiyatning 
tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka 
buyuriladi va yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish 
man qilinadi. Qur’oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, 
yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, o‘zaro yordam berish 
haqidagi g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori to‘g‘risidagi 
tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va hadisi 
shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, 


64 
dehqonchilik, qo‘ychivonlik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi 
marhamat qilingan
44

Muqaddas kitob – Qur’oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat 
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o‘rin tutadi. 
Qurondagi 293 oyat bevosita iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan. 
Chunki iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe’l-atvorlari 
namoyon bo‘ladi. Qur’oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish 
sifatida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom 
va Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa- singal ekanligiga 
asoslanadi. Jumladan, «Hujurot» surasining 13- oyatida «Ey insonlar, 
biz sizlarni bir ota (Odam alayhissalom) va bir ona (Momo Havo)dan 
yaratib yer yuzi bo‘ylab har xil xalq, qabila va elatlar tarzida taratib 
qo‘ydik, toki sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat hosil 
qilgaysizlar. Albatta sizlaning Olloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz 
taqvodorrog‘ingizdir. Albatta Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh 
zotdir». Islomda «taqvo» deganda – solih, xayrli ishlarni ado etib, 
munkar, man qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni 
qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini 
belgilashdagi asosiy o‘lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik 
ma’naviy va ruhiy tarbiyalash bilan o‘zgalarni yashash va turmush 
kechirish huquqlarini e‘tirof etish bilan shakllanadi. 
Qur’oni Karimdagi iqtisodiy g‘oyalarni bir necha guruhga ajratish 
mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, 
chorvador, hunarmandlar mehnati ulug‘lanadi, peshona teri bilan 
halollik asosida hayot kechirishga da’vat etiladi, barcha boylikning 
asosida mehnat yotishi uqtiriladi. 
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash, 
«Yenglar, ichinglar, 
hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», 
degan ko‘rsatmalar asosida 
olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri 
hisoblanadi), 
«Daryo bo‘yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof 
qilmanglar» 
kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va 
ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. 
Ikkinchi guruh g‘oyalar 
– tijorat, ya’ni kengroq ma’noda esa bozor 
munosabatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29- 
44
Раззоқов А., Ташматов Ш., Ўрмонов Н. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD- 
MOLIYA”, 2007. 28-б. 


65 
oyat) «Mollaringizni o‘rtalarinigizga nohaq (ya’ni 
o‘g‘rilik, 
qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor kabi) yo‘llar bilan yemangiz! 
Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol- dunyo 
qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo‘rlik, poraxo‘rlik kabi illatlar shar’iy 
jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi. 
Uchinchi guruh 
iqtisodiy g‘oyalar esa, mulk va meros masalalariga 
qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat 
(ayniqsa, omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol- 
mulkiga hasad qilish ham katta gunoh deb hisoblanadi. 
Yerga mulkchilik munosabati to‘g‘risida ham alohida fikrlar lo‘nda 
bayon etilgan. Masalan, Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli 
foydalanib olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta’kidlangan. 
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, 
ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi, yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik, 
mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo‘l qo‘yganligi uchun 
qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «
ammo kim 
bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o‘zini tuzatsa, albatta olloh 
tavbasini qabul qilar
» (39-oyat). 
Alloh Taoloning Qur’oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni 
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson 
qilish haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda 
soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar 
haqiga xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e’lon qilingan. 
Shuningdek, o‘zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va 
dushmanlikda emas, deyiladi. 
Shariatda mol-mulklar xususiyatiga ko‘ra ko‘char va ko‘chmas 
mulk, bo‘linishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan mulk, asosiy va 
qo‘shimcha mulklarga bo‘linadi (hozirgi asosiy va aylanma kapital ana 
shunday). Xususiy mulk – asosan egallangan yerlar, mulklardan iborat 
bo‘lib, ular o‘z navbatida vujudga kelishi va soliq to‘lanishi yoki 
to‘lanmasligiga qarab “Mulki xuri-xolis” huquqi asosan yirik yer 
egalariga va jamiyatning imtiyozli shaxslariga tegishli bo‘lib, ular har 
qanday soliqlardan ozod etilgan va o‘z yerlari bo‘lmagan yoki kam 
yerlilarga ijaraga yer berishgan. “Mulki xiroj” huquqiga ega bo‘lganlar 
aholining ko‘p qismini tashkil qiluvchi dehqonlardan iborat bo‘lib, ular 


66 
shariat bo‘yicha “ushr”, ya’ni hosilning undan bir qismi miqdorida xiroj 
solig‘i to‘lashlari lozim bo‘lgan. 
Xiroj solig‘i O‘rta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy 
etilgan bo‘lib, davlat tomonidan undirilgan yer solig‘idir. Islom 
qonunshunosligida bu soliqning xiroj-mioha (yer maydoni birligidan 
olingan) va xiroj muqosama (yerning sifati va sug‘orish usuliga qarab, 
hosilning 25, 33 va hatto 50 foizi miqdorida undirilgan) xillari bo‘lgan. 
E’tiborli tomoni shundaki, xuddi renta usuliga o‘xshab ish yuritilgan. 
Tabiiy, ya’ni ariq, kanal orqali sug‘orish uchun soliq katta edi, chunki 
bunga nisbatan kam sarf-xarajat talab qilinardi. Qoiz, ya’ni suv osti 
sug‘orish kanalidan chig‘ir ishlatib suv tortib olingan holda 
sug‘oriladigan yerlar uchun kamroq soliq solinar va bu adolatli 
hisoblanar edi. Xiroj dastlabki paytlarda mulk holida, keyinchalik esa 
pul shaklida yig‘ib olingan. Bu holat Bobur va boburiylar olib borgan 
iqtisodiy siyosatda yaqqol ko‘zga tashlangan. 
Islomda turli ijtimoiy jamg‘armalarni tashkil etishiga ham katta 
ahamiyat berilib, bunday mulkchilik “vaqf mulki” deb atalgan. Shariatga 
asosan, vaqf mulki turli diniy jamiyatlar, o‘quv yurtlari va boshqa 
muassasalar foydasiga vasiyat qilib qoldiriladigan mol-mulk, ularning 
ixtiyoriga o‘tkaziladigan turli xayr-ehsonlar, yordam hisobiga tashkil 
etiladi. Vaqf mulkiga ko‘chmas va ko‘chadigan mol-mulk, 
sug‘oriladigan yerlar, karvonsaroylar, hammomlar, savdo binolari, 
omborxonalar, tegirmonlar, masjid va madrasa binolari, musofirxonalar, 
shuningdek, foyda keltiradigan boshqa mol-mulklar kirgan
45

Islom ta’limotini chuqurroq tushunishda Qur’oni Karimdan keyingi 
hujjat payg‘ambarimiz Muhammad Alayhis-Salomning 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin