22
2-
MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY G‘OYALARI
(1 SOAT)
2.1.
ILK IQTISODIY FIKRLAR. QADIMGI BOBIL
DAVLATINING G‘OYALARI
Ilk iqtisodiy
qarashlar respublikamiz
26
iqtisodchi olimlar
tomonidan “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan o‘quv qo‘llanma,
darslik va ma‘ruzalar matnlarida batafsil yoritilgan.
Kishilik
jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab, xo‘jalik yuritish to‘g‘risida
u yoki bu ko‘rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o‘sha
paytdagi iqtisodiy fikrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bizning
davrimizga yetib kelmagan. Chunki
ularni avlodlardan- avlodlarga,
asrlardan-asrlarga olib o‘tuvchi vosita – yozuv bo‘lmagan. Demak,
iqtisodiy fikrlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi yozuv bilan
bevosita bog‘liq. Yozuv qachon paydo bo‘lgan?
Yozuv bundan olti
ming yil avval, miloddan to‘rt ming yil oldin o‘sha
davrning
madaniyat o‘chog‘i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi.
Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning
oralig‘idagi joylarni
«Mesopotamiya»
deb atagan. Bu grekcha so‘z bo‘lib, «ikki
daryo
oralig‘i» ma’nosini bildiradi. Dajla va Frot daryolari hozirgi Turkiya
chegarasidan boshlanib, Sharq tomon oqib Fors ko‘rfaziga quyiladi.
Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog‘i unumdor, suvi ko‘p
bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga juda qo‘l kelardi. Ayni
zamonda ikki daryo vodiysining janubiy qismidagi asosiy mahalliy
xalq Shumerlar bo‘lib, eng dastlabki yozuvni o‘shalar yaratgan.
Dastlabki yozuv ijod qilingandan keyin, Misr va Qadimgi Sharqdagi
xalqlar tarix tiliga kira boshladi. Demak, Qadimgi Dunyo – quldorlik
davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi.
26
Egamov E., Allaberganov Z. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Ma’ruzalar matni. –T.: “IQTISOD-
MOLIYA”, 2010; Asatullayev X., Djumonov D., Allaberganov Z., Xusanov D., Mamadiyorov O.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). –Toshkent 2014; Djumanov D., Husanov D., Allaberganov
Z. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ma’ruzalar matni). –Toshkent, 2015.