Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»


  Tomas Robert Maltus  O’QUV MATERIALLARI



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

 



Tomas Robert Maltus 
O’QUV MATERIALLARI 
1-MAVZU. “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” 
FANIGA KIRISH. (1 SOAT) 
1.1.
 
G‘OYALAR KUCHI VA FIKRLAR TARIXINI O‘QITISH 
 
Мamlakatimizda olib borilayotgan keng islohotlar negizini to‘g‘ri 
talqin qilish, ular asosida qarorlar amalga oshirish yoki xulosalar berish 
uchun insoniyat iqtisodiy tafakkurini chuqur o‘rganishni talab qiladi. Bu, 
eng avvalo, iqtisodiy qonun va kategoriyalarni yuzaga keltirgan tarixiy 
ildizni, ya’ni iqtisodiyot fani tarixiga nazar tashlashni taqozo etadi. Demak, 
har qanday g‘oya va qarashlarni keltirib chiqargan tarixni o‘rganish, avvalo 
hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz 
Abdulla Qodiriy aytganidek: «
Moziyga qarab ish tutish xayrlidir
»
2
. Shu 
sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish katta nazariy va amaliy 
ahamiyat kasb etadi. 
Fransuz yozuvchisi, iqtisodchi olim Antuan de Monkretenning 
“Siyosiy iqtisod haqida” (1615-yil) nomli mashhur risolasi tufayli jahon 
iqtisodiyoti 2015-yilda jahon iqtisodiy fanining 400 yilligini nishonladi. 
1615-yili merkantelist oqim vakili Monkreten, o‘zi bilmagan holatda 
kelajakda insonlarning rizqi, boyligi va rivojini belgilab bergan siyosiy 
iqtisodiyot faniga asos soldi. To‘g‘ri “siyosiy iqtisodiy fikrlar” atamasi 
uning risolasi paydo bo‘lganga qadar ham mavjud bo‘lgan, lekin 
davlatning siyosiy-iqtisodiy xatti-harakati, bozor munosabatlaridagi 
hukmron g‘oyalari fan sifatida yuzaga chiqmagan edi. Tarix – bu o‘rinda 
iqtisodiy ilm-fanning ajralmas qismi, davlati, jamiyati, shaxslarni hayot 
farovonligini ta’minlash sohasi. Albatta, 400 yil 
mobaynida iqtisodiyot fani tubdan o‘zgardi. U o‘z 
yo‘lini siyosiy iqtisoddan to hozirgi zamonaviy 
mikro, makro, mezo va megoiqtisodiyotgacha 
bosib o‘tdi, bu yo‘lda davlatning ichki va tashqi 
iqtisodiy 
xatti-harakatni 
ko‘plab 
inqilobiy 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oldi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani esa iqtisodiyot 
nazariyasiga qaraganda atigi uch yuz yilni bosib 
o‘tdi. Iqtisodiy ta’limotlar bo‘yicha birinchi ishlar 
XIX asr ikkinchi yarmida ingliz iqtisodchisi 

Razzoqov A., Toshmatov Sh., O

rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. –T.: “Iqtisod va 
moliya”, 2007. 19-b. 



Tomas 
Robert 
Maltusning 
(1766–1834) 
“Siyosiy 
iqtisod 
qonuniyatlari”(1827.) va fransuz iqtisodchisi Jerom Adolf Blank (1798– 
1854)ning “Yevropaning siyosiy iqtisod tarixi” (1839.) asarlarida aks 
etgan. Shu davrda iqtisodiy ta’limotlarni tarixiy nuqtayi nazardan birinchi 
marta tahlil qilishga urinilgan. Fanning faol rivoji esa XIX asr oxiri va XX 
asr boshlariga to‘g‘ri kelib, unda turli xo‘jalik yuritish faoliyati va nazariy 
tajribalar bir qator olimlar tomonidan izohlanadi. Ular ichida nemis olimi 
Vilgelm Rosher (1817–1894), AQSHdan Richard Eli (1858– 1943), Sharl 
Jid (1847–1932) va fransiyalik Sharl Rist (1874–1955)dir. Ularning 
ishlarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanning predmeti, uning vazifalari
ilmiy davrlash tamoyillari, g‘oyalari shakllanishi bo‘yicha fikrlar berib 
o‘tilgan
3

Demak, iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar 
atigi uch asrlik tarixga ega. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim 
olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, 
qonun, 
ta’limot, konsepsiyalar, insoniyat taraqqiyotining turli 
bosqichlaridagi tarixiy rivojlanish qonuniyatlari asosida taqiq etiladi. 
Bugun har qanday bilim o‘z tarixiy xarakterga egaligi bilan ajralib 
turadi. Insoniyat doimo izlanishda bo‘lib, o‘z iqtisodiy qarashlarini sekin- 
asta g‘oyalarga, qonuniyatlarga aylantirgan. Ibtidoiy jamoada inson 
ovchilik, dehqonchilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, quldorlik davrida 
mulkka egalik, feodal davrida yerga egalik, kapitalistik davrda kapital 
egasi sifatida turli mulkchilikni tashkil qilish bilan bog‘liq g‘oyalar va 
nihoyat sotsializm va demokratik jamiyatda eng haqiqiy iqtisodiy g‘oyalar 
davlatni boshqargan. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishda biz bir 
qator ibora va tushunchalarni ishlatamiz. Ularning ta’rifini berib o‘tamiz. 
Iqtisodiy qarashlar tizimi – bu inson real xo‘jalik yuritish jarayonida 
yuzaga keladigan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy fikrlar tizimi bo‘lib, u iqtisodiy 
holatlarni ta’riflash orqali yuzaga keladi. Iqtisodiy qarashlar qonunlar, 
tamoyillar, model va formulalar birlashmasidan iborat. Ular amaliy 
tajribalar asosida nazariyalarga aylantirilgan. 
Nazariya – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ularning real omillari 
evaziga ilmiy asoslangan holati. Ba’zi hollarda nazariya konsepsiyaga 
aylanishi mumkin. 
Konsepsiya – qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli. 
3
История экономической мысли/ Под ред.В.В.Круглова, Е.В.Балахоновой. – СПб.: Питер, 2008. 
С.12-13. 



Sovet dаvridagi iqtisodiy 
g

oyalar 
Marksizmning 
sotsalistik 
demokratik 
yo

nalish 
Yangi tarixiy 
maktab 
Markscha iqtisodiy 
talimot 
Marksizmning 
Bolshevik 
yo

nalishi 
Insitutsionalizm 
Doktorinna – bu oldindan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida, qattiq 
asosga ega bo‘lgan konsepsiyadir. 
Iqtisodiy fikrlash – olinadigan natijani taqqoslash ma’lum bir qolipga 
solish asosida yuzaga kelgan ratsional ong faoliyati. 
Oqim – bu iqtisodchi olimlarning hodisa va jarayonlarning birlamchi 
va ikkilamchi ko‘rinishida isbotlagan o‘zaro bog‘liq iqtisodiy qarashlar 
yig‘indisi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin