5-mavzu. Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar. Institutsionalizm yo‘nalishining mohiyati va ahamiyati. Iqtisodiy ta’limotlarda marjinalizm va neoklassik yo‘nalishning shakllanishi va umumiy ta’rifi. Avstriya maktabi: K.Menger, F.Vizer va E.Byom-Baverk. Lozan maktabi vakillari. Marjinalizmning anglo-amerika maktabi.
Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar. T.Veblen g‘oyalari. Vasley Klar Mitchel. Jon Rodjer Kommons. Urushdan keyingi institutsionalizm (XX asrning 40–70-yillari). “Yangi industrial jamiyat” kontsepsiyasi. Konvergensiya konsepsiyasi. «Xalq kapitalizmi». «Industrial jamiyatdan keying jamiyat».
6-mavzu. Djon Meynard Keyns ta’limoti va neokeynschilik. Neoliberalizm g‘oyalarining mohiyati va ahamiyati. Keyns makroiqtisodiyoti. J.M.Keyns. “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936) asaridagi iqtisodiy g`oyalar. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari; ishsizlik va inflyatsiya. Samarali talab. Insonning psixologik moyilligi. Jamg‘armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Multiplikator. Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari. Yangi keynschilik nazariyasi va makroiqtisodiy muvofiqlashtirish muammolari.
Neoliberalizm konsepsiyasi. F.Xayek va uning ijtimoiy- iqtisodiy g‘oyalari. V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to‘g‘risida. L.Erxardning iqtisodiy islohotlari. Ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasi. Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari. IS-LM modeli. Ayirboshlash tenglamasi. Pul massasi va iqtisodiy sikllar. Monopoliyalarning shakllanishi.
7-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi. Iqtisodiyot bo‘yicha nobel mukofoti lauriatlarining g‘oyalari. Jahon xo‘jaligi to‘g‘risidagi iqtisodiy g‘oyalar. Ishsizlik, inflyatsiya va inqiroz muammolarining iqtisodiy g‘oyalarda aks ettirilishi. Inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik. Fillips egri chizig‘i. P.Samuelsonning iqtisodiy g‘oyalari va “Neoklassik sintez” konsepsiyasi. “Ekonomiks” asari. Zamonaviy institutsionalizm. Iqtisodiy taraqqiyotning to‘rt g‘ildiragi.
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ta’sis etilishi. Nobel mukofotining birinchi lauriatlari: Ragnar Frish va Yan Tinbergen, Pol A.Samuelson, Simon Kuznets. Asimmetrik axborot nazariyasi haqida Dj. Akerlof, M. Spens va Dj. Stiglets. Kanemanning iqtisodiyotda psixologik tadqiqot usullari haqida. O‘yinlar nazariyasi tadqiqotchisi. Nobel mukofotiga sazovor makroiqtisodiy nazariyalar. Pol Krugmanning megaiqtisodiyot bilan bog‘liq modeli. Iqtisodiyotni psixologiya bilan uyg‘unlashtirish.
Mutlaq ustunlik nazariyasi. Qiyosli ustunlik nazariyasi. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi. Mahsulotning hayotiy sikli. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishning tanqidiy yo‘nalishi. Raqobat ustunligi nazariyasi. Valuta kursi nazariyalari. BMTning inson rivojlanish konsepsiyasi va ming yillik deklaratsiyasi.
8-mavzu. O‘tish davrining mohiyati va ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy- buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tish davri konsepsiyasi. Zamonaviy iqtisodiy tafakkur yo‘lboshchilari. O‘tish davrining mazmuni. bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari. O‘tish davri iqtisodiyoti: xususiyatlari, ko‘rinishlari va funksiyasi. Shok terapiyasi bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning evolyutsion yo‘l tavsifi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning rivojlangan davlatlar tajribasi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari.
Sh.Mirziyoyev iqtisodiy islohotlari va uni insonlar tafakkurida aks etishi. O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarning O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi xissalari.