Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə110/277
tarix25.12.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#196205
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   277
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

Yiriklashgan ishlab chiqarishning foydali tomonlari:
" ishlab chiqarish jarayonlarining birgalikda ishlashi bunday korxonalarda xar qanday murakkab maxsulotning kiska vaqt ichida ishlab chikarilishini ta’minlaydi;
" mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlari samarali ishlatiladi. CHunki katta mehnat xajmi ishlab chiqarishda ishni bir kecha-kunduzda bir necha smenada tashkil kilinishiga shart-sharoit yaratadi;
" asosiy materiallar samarali ishlatiladi, chunki asosiy ishlab chiqarishning chikindisidan xalq uchun keng iste’mol mollarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratiladi. Ishlab chiqarish yiriklashtirilgani sari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish soxasidagi umumiy xarajatlar maxsulot ishlab chiqarishning ko‘payishiga nisbatan kamrok darajada ortadi, bu ularni tejab kolishga olib keladi.
Kamchiliklari:
" yirik korxonalarni loyihalash, kurish, ishga tushirish juda ko‘p vaqt talab qiladi;
" bunday korxonalarni kurishga va uni ishga tushirishga sarflanadigan mablag‘lar uzoq vaqtdan keyin o‘zini koplaydi.
Kombinatsiyalashtirish deb bir necha korxonalarni bir maydonda joylashib tayyor maxsulot ishlab chiqarishiga aytiladi. Kombinatsiyalashtirish natijasida kombinatlar paydo bo‘lib ular 3 xil bo‘ladi:
" xomashyoga ketma-ket ishlov berib, undan tayyor maxsulot ishlab chikaruvchi korxonalar. Masalan: metallurgiya kombinati, bunda cho‘yan, po‘lat va prokat ishlab chiqarish jarayonlari ketma-ket bajariladi;
" xomashyoni kompleks tarzda qayta ishlash, bu asosan neft, kimyo kombinatlari va rangli metallarni qayta ishlash kombinatlarini tashkil qilishda ko‘llaniladi;
" bir korxonaning ishlab chiqarishdagi chikindilari ikkinchi korxona uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan: yog‘ochsozlik korxonalaridan chikadigan kirindi va kipiklardan karton va kipik plitalar ishlab chiqaradigan korxonalar.
Kombinatsiyalashgan korxonalarning foydali tomoni:
" ular eng yuqori mehnat unumdorligiga ega bo‘ladi, chunki ularda mehnatni mexanizatsiyalashtirish keng ko‘lamda ko‘llaniladi.
" korxonalarning omborlarida xomashyo zaxiralari deyarli ko‘p bo‘lmaydi.
" bunday korxonalarda yuklarni tashish uchun o‘zi yurar transport vositalaridan foydalanishga extiyoj bo‘lmaydi, chunki barcha mehnat buyumlarini bir ish joyidan boshqa ish joylariga uzatish jarayonlari avtomatik ravishda bajariladi.



Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   277




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin