Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usuli



Yüklə 4,82 Mb.
səhifə111/277
tarix25.12.2023
ölçüsü4,82 Mb.
#196205
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   277
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat

3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usuli
Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida ilg‘or texnologiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan maxsulotlarning darajasidir.
Ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasi xamda xizmat ko‘rsatish doirasini xisobga olgan xolda aniqlanadi. Ishlab chiqarish quvvati sifatli maxsulot ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyat imkoniyatlarini ifodalaydi.
Bozor sharoitida xo‘jalik faoliyatining sub’ekti u yoki bu maxsulotga bo‘lgan talabni kondirishga mo‘ljallangan.
Iste’molchilar talabi, bozorni marketing izlanishlari orqali aniqlanadi va talabdan kelib chikib, korxonaning to‘liq ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. Avvalo ishlab chiqarishning mavjud quvvatlari aniqlanadi, so‘ngra quvvatni oshiruvchi ko‘shimcha resurslar aniqlanadi. Talabning oshishi ko‘shimcha ishlab chiqarish quvvati kiritilishini talab qiladi. Iqtisodiy mustaqillik sharoitida iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar xam o‘zgara boshlaydi:
birinchi navbatda ishlab chiqarishni xar tomonlama o‘zgartira olish, ikkinchidan tashki o‘zgarishlarga o‘z vaqtida moslashish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarish quvvati bir qator omillarga bog‘liq:
" ishlab chiqarish dasturining mehnat sig‘imiga;
" xo‘jalik subektining ish vaqtiga;
" asbob-uskunalarning ishlash vaqtiga;
" maxsulot ishlab chikarilayotgan xomashyo va materiallar tarkibi va sifatiga;
" ishlatilayotgan texnika va texnologiyalarning darajasiga;
" ishchilarning malakasiga.
Ishlab chiqarish quvvatining ko‘rsatkichlari uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishda muhim xisoblanadi. Quvvatning loyiha, kiruvchi, chiquvchi va o‘rtacha yillik turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jixatdan qayta qurollantirish natijasida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.
Kiruvchi quvvat - bu rejalashtirilgan davr boshidagi quvvat, buxgalteriya xisob-kitoblari asosida aniqlanadi.
CHiqish quvvati - bu xisobot davri oxiridagi quvvat. U xisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.

bu erda:
Mox - ohirgi xisobotga asoslangan quvvat;
Mb - boshlang‘ich quvvat;
Mya- yangi kurilish (kengaytirish, ta’mirlash) natijasidagi quvvat;
Me.ch - ekspluatatsiyadan chikkan quvvat.

Yüklə 4,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   277




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin