Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti Energo-Mexanika fakulteti


Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar



Yüklə 245,9 Kb.
səhifə4/8
tarix02.11.2022
ölçüsü245,9 Kb.
#67211
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o’zgarishlar.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o'zgarishlarni alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o'tkazishning bir necha o'ziga xos omillari bor.
Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo'jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamas-dan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo'lmaydi, mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil qiluvchi qish­loq mehnatkashlari turmushini yanada to'kinroq qilish vazifasini bajarib bo'lmasdi. Ayni chog'da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining salmog'i yuqori edi.
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat re-surslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.
O'zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o'mini yuksak baholab, uni yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida shunday degan edi: «Men bir haqiqatni aytib charchamasam kerak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir».
Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning narxi 3-8 barobar oshirildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtiso­diy islohotlarni amalga oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo'jalik muno-sabatlari tizimi qaror topmoqda.Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mah­sulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda.Davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan ana shunday e'tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo'jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g'alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.

Yüklə 245,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin