Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari.
1. Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, xususiylashtirish bu - iqtisodiy islohotlarning tamal toshidir. Boshqa yosh mustaqil davlatlardan farqli o'laroq O'zbekistonda o'tish davrida xususiylashtirishni vau-chersiz amalga oshirishga qaror qilindi. Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil fevralida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo'mitasi ta'sis qilindi. 1994-yilda uning vazifalari o'zgartirilib, u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat Qo'mitasi deb atala boshlandi. Ushbu Davlat Qo'mitasi maqomining o'zgarishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi, zero u xususiylashtirishning ikkita g'oyat muhim vazifasini bajarar edi.
O'zbekistonda ko'p ukladli, davlat mulkini xususiylashtirish 1990-yildayoq hukumat tavsiyasi asosida mahalliy sanoatda 3 ta xususiy korxona tashkil qilinishi bilan belgilangan edi. Samarqanddagi uy mehnatiga asoslangan xususiy fabrika hissadorlik jamiyatiga ay-landi. Sirdaryo shoyi to'qish fabrikasi va boshqa qator korxonalar ijaraga o'tib ishlay boshladi. Bu yerda to'plangan dastlabki tajribalar keyinchalik davlat mulkini xususiylashtirishda hisobga olindi, undan samarali foydalanildi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillari eng avvalo mahalliy xususi-yatlar va talablarni hisobga olganligi, tag-zaminli va asosliligi, ayni paytda hozirgi zamon ilg'or tajribalariga mos kelishi bilan alohida ajralib turadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?