3. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan so'ng, o'z ri-vojlanish yo'lini belgilar ekan, oson yo'l qidirmadi. O'tish davrining murakkabliklariga qaramasdan ulkan-ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari yaratishga kirishdi.
Bu borada, birgina Andijon viloyatining Asaka shahrida zamonaviy mashinasozlik sanoati obyektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan ras-miy tashrifi chog'ida ikki davlat o'rtasida o'zaro iqtisodiy hamkor-likni rivojlantirish to'g'risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkor-likda O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona barpo etish to'g'risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-noyabrda «Selxozmash» konserni va «DEU kofogeuzpp» korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O`zDEUavto» qo'shma korxonasini tashkil qilish to'g'risida maxsus qaror qabul qildi. Unda «Selxozmash» kon-serniga 3 oy muddat ichida respublikada avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshi-rildi.
O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligi-da barpo etiladigan ushbu qo'shma korxona ta'sischilari etib Koreya Respublikasi tomonidan «DEU» korporatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi tomonidan esa «O`zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O'zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «O`zDEUavto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartno-maga ko'ra har ikki tarafning qo'shma korxonadagi ulushi miqdori «DEU» kofoga181ua81 uchun 50%, 100 million AQSH dollari va «O`zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 100 million AQSH dollari hisobida belgilandi.
Bir qarashda O'zbekiston mashinasozligi ma'lum bir bosqich-ni bosib o'tgan, o'z tarixiga ega bo'lgan sohalardan biri. Sobiq sho'rolar davrida o'lkamizda qishloq xo'jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O`zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tor ma'nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo'shma korxonaning ishga tushuri-lishiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'ldi. Unda nutq so'zlar ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O`zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo'lish bilan birga O'zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko'plarni hayratga solib havaslan-tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg'or, jahon andozalariga to'la javob beradigan avtomobillar bilan ta'minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o'sib bor-di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O`zDEUavto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o'nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada «O`zDEUavto» qo'shma korxonasining ishga tushishi O'zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko'rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta'kidlash joiz. Jahon mamlakatlari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlar-gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g'arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-batga bardosh berish o'ta mushkul ish bo'layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O'zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo'lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo'lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O'zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga eri-shish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e'tibor berildi: